Azim dunyo, sehrli dunyo, Halim dunyo, mehrli dunyo. Zolim dunyo, qahrli dunyo, Ajab dunyo, ajab dunyosan. Kenglarga keng, torlarga torsan, Yòqsilga yòq, borlarga borsan, Bog'larda gul, tog'larda qorsan, Ajab dunyo, ajab dunyosan. G'ami ado bòlmas dunyosan, Kami ado bòlmas dunyosan. Ketgan qaytib kelmas dunyosan, Ajab dunyo ajab dunyosan. Koshonasan, kimga vayrona, Kimga oshno, kimga begona. Keng dunyoga òzing ostona, Ajab dunyo, ajab dunyosan.