Bugun mening tug'ilgan kunim,
Tilaklarni qiydiravering.
Olib keling qani zar to'nim,
Hammasini kiydiravering.
Qarsak chaling, olqishlang, yayrang,
Qo'llaringgiz bo'lguncha qadoq.
Bulbuldan ham o'tkazib sayrang,
Olavering sha'nimga qadax.
Haqqimiz yo'q bugun nolishga,
Quy.., gazakka ayron qilamiz.
Onam o'lim bilan olishgan
Kunni bugun bayram qilamiz...
Bugun mening tug'ilgan kunim......