Boshi toshdan bolsin erkakning doim,
Bolasi och qolsa qiyomat qoim.
Xotinni zaxridan asra Xudoyim,
Ko'chaga chiqadi tirikchilikda,
Nimalar bolmaydi yigitchilikda.
Kimgadir quchog'in ochadi bozor,
Kimdir xunar bilar kimdir mardikor,
Kirakashlik qilar mashinasi bor,
Kimdir mexnat qilar sherikchilikda,
Nimalar bolmaydi yigitchilikda,
Qancha uzoqlarni yaqin qilasan,
Tuproqni ham elab oltin qilasan,
O'zingdan o'tganin o'zing bilasan,
Taqdirga tan berma bu yo'qchilikda,
Nimalar bo'lmaydi yigitchilikda.
Xalol rizqing terib yangi tongni kut,
Umidni yo'qotma etagidan tut,
Besamar ketkazgan umringni unut,
G'animat bolar bu kun to'qchilikda,
Nimalar bolmaydi yigitchilikda.