Bir kishi biroz pulga muhtoj bo’lib qoldi, do’stidan yordam olish maqsadida uning uyiga borib, eshigini taqillatdi. Do’sti chiqib, u bilan ko’rishdi, uyga taklif qilsa ham u kishi qabul qilmay:
— Do’stim, meni kechir, uyga qilgan taklifmgni hozircha qabul etmayman, vaqtim ziq. Bir kishidan yuz so’m qarzdor edim, bugun kelib, pulini qistadi. Qo’limda pul yo’q edi. Shuning uchun sening huzuringga keldim, yordam etarsan, deb umid qilaman, — dedi.
Uy egasi darhol ichkaridan yuz so’m olib chiqib, do’sti-ning qo’liga berdi.
— Do’stim, biror narsaga muhtoj bo’lib qolsang, mendan yashirma, qo’limdan kelgancha yordam berishga tayyorman,— deb do’stining ko’nglini ko’tardi.
Do’sti xursand bo’li