Ota-onam savlatim,
Duogo‘yim, davlatim.
Qo‘lingdadur Ollohim,
Umrini ziyoda qil!
Ular bizning baxtimiz,
Shundan baland taxtimiz.
Xizmatidur ahdimiz,
Umrini ziyoda qil!
Etaklasin nevara,
Atrofida chevara,
Ergashsin-a evara,
Umrini ziyoda qil.
Bo‘lmasin-a armonim,
Duolari darmonim.
Qo‘sh qanot, soyabonim,
umrini ziyoda qil