Istasangiz, qo`lingizga tayoq bo`lay,
Oyog`ingiz o`rniga men oyoq bo`lay.
Yo`lingizni yoritguvchi chiroq bo`lay,
Shukur deyman boringizga, shukur, ona,
Shukur deyman boringizga, shukur, ota.
Duo qiling, duoyingiz kerak menga,
Baxsh etdingiz hayot va pok yurak menga.
Achinmaydi o`zingizdan bo`lak menga,
Shukur deyman boringizga, shukur, ona,
Shukur deyman boringizga, shukur, ota