Ba'zan o'ylanib qolaman,''Nima uchun insonlar bir-birini dilini osongina og'ritadi-yu,ammo kechirishda esa ancha o'ylanib qoladi?''Nima uchun besh kunlik hayotimizni dil xiraliklarga to'ldiramiz,o'tkinchi umrni dil ozorlikka,xiyonat,yoki har xil bekorchi gap-so'zlar bilan to'ldiramiz?Ha,beayb Parvardigor-Alhamdulilloh!Ammo inson degan nomni Tangri bizga bergan ekan ,nima uchun shu nomni gohida oqlash esimizdan chiqadi? Ba'zida keraksiz narsalarga ''uzr''so'raymizu,ammo ota-onamizdan ''Meni kechiring''degan so'zni ayaymiz.Yo bo'lmasam begona insonlardan,ayniqsa sengga ozor bergan insonlardan hattoki ''kechirim''so'raymiz-u,ammo bizni doim qadrlagan insonni dilini og'ritib''kechirim''so'rashni