☆ ★☺◦•◦→Ko’zyoshlarga cho’mildi ko’nglim,
G’uncha misol yumildi ko’nglim,
Armonlarga ko’mildi ko’nglim-
Baxtlimisiz endi sevgilim?
Hijron ichib muhabbatimdan ,
Armon quchib muhabbatimdan,
Siz voz kechib muhabbatimdan –
Baxtlimisiz endi sevgilim?
Yo’linggizga qullarim sochib,
Borganim choq dilimni ochib,
Siz o’zga yor bag’riga qochib –
Baxtlimisiz endi sevgilim?
Ayriliqdan yurak bo’ldi xun,
Kunduzlarim bo’ldi qaro tun,
Topgan yoringiz bilan bugun-
Baxtlimisiz endi sevgilim?
Taqdir bo’ldi mendan darg’azab,
Yuragimga armonni qadab!
O’zinggizni vafodor atab-
Baxtlimisiz endi sevgilim?
Vafosizlik qildingiz gulim,
Unutolmas hech buni dilim,
Menga bir yo’l qoldi bu - O’LIM.