Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Qozonning oldiga borma deydilar Albatta qorasi tanga yuqadir. Abu Hanifa ham aslida aytmish: Iymon amal ila aka-ukadir. Ikkisi bir zamon bino bo'lgandek Ko'zga surmo yoki xino bo'lgandek Aroq bor majlisda zino bo'lgandek Iymon amal ila aka-ukadir. Alloh bor deyishla ish bitmas oshna Cho'l suvga zoriqqan singari tashna Zulmning oxiri xorlikka oshno Iymon amal ila aka-ukadir. Amalsiz diyorlar xashakli hasli Go'yo qor izg'igan saraton fasli Mazhabiy xiloflar lafziydir asli Iymon amal ila aka-ukadir. Birodar amal qil kufrda turma Alloh qalbda bo'lsa bas deb o'y surma Biridan boshqasini ayira ko'rma Iymon amal ila aka-ukadir. Amalsiz iymonni shaytonlar yerlar Iymonsiz amal ham habata derla