Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Senga yuborganim otashin bo'sa
Yengil shabbodadek uchar havoda.
Jang bo'lgan joylardan labingni izlar,
Va ba'zan darbadar kezar samoda.
Balki uchrashmasmiz biz endi mangu,
Bo'samiz ham qolar balki sargardon.
Lekin sevishganlar qaytmas o'limdan,
Lekin mangu qolar ikki tomchi qon.
Olislashganim sari ishqim sizga ortadi, Bir shirin mayin ovoz siz tomonga tortadi. Visolingiz sog'inib xasta yurak qiynoqda, Men sizni ko'rgim kelar ammo sizchi yiroqda...