Umr shoshqin daryo ekan, soy ekan,Bu oy "Qur'on" nozil bo'lgan oy ekan,Ro'za tutgan zot iymonga boy ekan,Mo'min-musulmonlar, ro'za muborak!Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak.Ro'za bizga yordam qo'lin uzatmish,Takabburlar axloqini tuzatmish.Rasululloh yig'lab uni kuzatmish,Mo'min-musulmonlar, ro'za muborak!Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak.Miskinlarni boy yedirib ichirsin,Arazlashgan bir-birini kechirsin,Olloh olov kamzullarni yechirsin,Mo'min-musulmonlar, ro'za muborak!Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak.Bo'lsang uyda, xoh dalada, adirda,Uxlab yotma sen Laylatul-qadrda.Bu tun hatto ruhlar yotmas qabrda,Mo'min-musulmonlar, ro'za muborak!Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak.Ro'zamizni Olloh uchun tu