Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Harom pulga olingan yog`li patir non yegandan. Halol pulga kelgan suvi qochgan non yaxshi! Ota- onadan xabar olmagan o`nta polvon o`g`ildan. Bor mehrin ayamagan nozikkina qiz yaxshi! Ichida namoz o`qilmagan uch qavatli qasrdan. Joynomozi doim band kichkina kulba yaxshi! Doim aroqga to`lgan go`zal billur qadahdan. Doimo ko`k choy ichilgan sopol piyola yaxshi! Siringni fosh qiluvchi g`iybatchi o`nta do`stdan. Tiliga erk bermagan bitta mard dushman yaxshi! Paxta qo`yib aytilgan mingta shirin yolg`ondan. Foydang uchun aytilgan achchiq haqiqat yaxshi!