Ko'zlaring ko'rib tursa, Lablaring kulib tursa, Yuraging duk-duk ursa, Menga jonim kifoya. Mayli meni demagin, Sog'intirib qiynagin, Jondan meni sevmagin,Omon bo'lsang kifoya.Dunyoda ko'rmagin g'am, Jonim azizam erkam, Sen o'zgani desang ham, Baxtli bo'lsang kifoya. Qo'ng'iroq qilmasang ham, Yonimga kelmasang ham, Sog'inchim bilmasang ham, Eslab qo'ysang kifoya. Dunyodan o'tganimda, Qabrimda kutganimda, Zor qilmayin sevgilim, Bir bor kelsang kifoya!