Keng dunyo xam, goxo tor bo'lar,
ko'ngling sog'inchlarga zor bo'lar,
orzu emas, armon yor bo'lar,
OTA-ONANG O'TGANDAN KEYIN.
Qalbing g'amga berilib qolar,
do'st-dushmaning, terilib qolar,
osmon boshing egilib qolar,
OTA-ONANG O'TGANDAN KEYIN.
Topolmaysan dardinga malxam,
uy to'rida faqat ular kam,
kiprigingni tark etmaydi nam,
OTA-ONANG O'TGANDAN KEYIN.
Yo'qotganda qadrin bilasan,
bilasanu, afsus qilasan,
yurgan yo'lda o'ylab yurasan,
OTA-ONANG O'TGANDAN KEYIN.
Ko'ngli yarim bo'lib yashaysan,
mexrga zor, to'lib yashaysan,
kuzgi yaproqday, so'lib yashaysan,
OTA-ONANG O'TGANDAN KEYIN...