Mayli, bo'lsang savdoda kasod, Mayli, shoxmas, bo'laversang mot, Ijaraga berilmas hayot, Chimildiqda aldanma, yigit. Hayot yo'li qaro birla oq, G'uncha o'rnin bosmaydi yantoq. Chaqmasin deb boshingda yong'oq, Chimildiqda aldanma, yigit. Xudo suysin senday bandani, Yor qilmagin, ul sharmandani. Shirin deya chirik olmani, Chimildiqda aldanma, yigit. Gul misoli so'lmayin desang, Elga kulgi bo'lmayin desang, Armon bilan o'lmayin desang, Chimildiqda aldanma, yigit...