Dunyo senga bitta o'tinchim:
Hech yo`q bir bor omadim kulsin.
Nomardga bosh eggandan ko`ra
Tikka turib o`lganim bo`lsin.
Izlab-izlab topganlarim dard,
Insonlaring shaytonga ulfat,
Topolmasam bitta do`stu mard,
Tikka turib o`lganim bo`lsin.
Yig`layverma yig`loqi ko`ngil,
Bizni dardni anglamas hech kim,
Mard bo`l kulib kelsa ham o`lim,
Tikka turib o`lganim bo`lsin.
Sherman deydi sherligi yo`qlar,
Zo`rman deydi zo`rligi yo`qlar,
Yashasa gar zo`r bo`lib ular,
Tikka turib o`lganim bo`lsin.