Bu she'rimni bag'ishladim Onamga"
Qo'llarini ochib turganda duoga,
Yuzlari turardi, o'xshab quyoshga.
To'lib borardi, umrlari savobga,
Bu she'rimni bag'shladim Onamga.
Qalbi to'la mehr, muhabbatga,
Ko'zlari intikib turadi yo'lakga.
Musofirchilik bo'lsada bizlarga,
Bu she'rimni bag'ishladim Onamga.
Sog'inchlari sezilib turar, menga,
Goh kiradilar, kulib tushimga.
Doim sog' bo'lsinla boshimga,
Bu she'rimni bag'ishladim Onamga.
Umr qo'shilib, bormoqda umrimga,
G'am dardlar, g'ov bo'lmas yo'limga.
Illohim, Alloh yo'llasin jannatga,
Bu she'rimni bag'ishladim Onamga!!