Yosh edik bebosh edik,
Qayg'u nima bilmas edik.
To'qqiz yil o'qib birga,
Sinfdosh bo'lib yurar edik.
Qayda bo'lsa topar edim,
Bir sinfda o'qir edim.
Jondan ortiq sevishimni,
Aytolmasdan yurar edim.
Armon ekan yurishlar,
Bog' oralab kezishlar.
Qo'lim qo'liga yetmasdan,
Hayol bo'ldi sevishlar.
Oq libosi yarashkan,
Havas bilan boqishgan.
Bir mening yuragimni,
Sezishmasdan yoqishgan.
Uzoqdaman yonidan,
Sevgan qizim oldidan.
Kimdur bundan baxtiyor,
Bugun sevgim bo'ldi xor.
Ayb kimdan izlamadim,
O'z aybimni sezardim.
Sinfdosh sevganimga,
Bir bor sevgim aytmagandim.
Ko'p insonlar bugun shodon,
Meni qalbim qiynar hijron.
Bir meni deb bir do'stim,
Yig'lar afsus chekib ming