Poyingizga xor bölgan, Bag'ringizda tor bölgan. Mehringizga zor bölgan, U mening "QALBIM" edi. Arzonlarga sottingiz, Bozorlarda tortdinggiz. Yana toshlar otdingiz, U mening "QADRIM" edi. Yolg'onlarga almashgan, Sevaman deb aldashgan. Sizni sevib adashgan, U mening "BAHTIM" edi. Falaklarga sachradi, Yomonlardan charchadi. Mudom sizga uchradi, U mening "DARDIM" edi. Yurak qinidan chiqqan, Keyin dillarni quchgan. Qöllarimdan suv ichgan, U mening "SATRIM" edi. Oshiq yigit köz ilgan, Avval ham köp qazilgan. Muhabbat deb yozilgan, U mening "SEVGIM" edi.