Dilga yoqar, asli yolg'on so'zlar bilan,
Qarog'da yosh, ko'p qalbaki bo'zlar bilan.
Suyaman deb, sening deya kuyaman deb,
Hazillashmang bo'yi yetgan qizlar bilan.
O'yinchoqmas ular sizga o'ynagani,
Kelgan emas bu dunyoga qiynalgani.
Aldab boshqa qiz topasiz uylangani,
Hazillashmang bo'yi yetgan qizlar bilan.
Hislaringiz havasdan-da pas tuyg'udir,
Izhoringiz mast etguvchi bir og'udir.
Eh bu xislat yigit uchun chin qayg'udir,
Hazillashmang bo'yi yetgan qizlar bilan.
Ishqingiz rost emasligin bilishi bor,
Bilsa guldek nozik qalbi sinishi bor.
Erta, indin turmushga ham chiqishi bor,
Hazillashmang bo'yi yetgan qizlar bilan.
Gar sevsangiz pok nomini sotmay seving,
Kerak bo'