Ota o'g'lining oldiga yaqin kelib, qo`lini uning yelkasiga qo'yib: O'g'lim, kim kuchli, menmi yoki sen? O'g'il: Men, deb javob berdi. Ota sal ranjigudek bo`ldi. Va yana so'radi: O'g'lim kim kuchli, senmi yoki men? O'g'il yana: Men, deb javob berdi. Ota qattiq ranjib, orqasiga qarab ketdi. Uch metr uzoqlashgach umid ila yana bir bor so`radi: O'g'lim kim kuchli, senmi yoki menmi? O'g'il: Siz kuchli otajon! dedi. Taajublangan ota o'g'lidan so`radi: Ikki marotaba so`radim, men kuchli deding, uchinchi marotaba so`raganimda siz kuchli deding, nima menga raxming keldimi? O'g'il javob berdi: Otajon, ikki marta so`raganingizda siz yonimda edingiz, men hech narsadan qo`rqmasdim, uchinchi marta so`raga