Ayollarga nima böldi, chetga ketib qoldilar. Mahramlar uyda qolib, otga qamchi soldilar. Uyda qoldi farzandi, hamda sodda erlari. Chetga pul deb ketishdi, ayollarning sherlari. Mahramsiz hijrat qilmoq, yangilikmi Islomga. Chet elga ersiz ketish, xanjar urmoq iymonga. Zamon böldi teskari, erlar uyda qolishdi. Ayollar ishlash uchun, chet ellarga borishdi. Halol rizqini termoq, gunoh emasdur ammo. Ayrim ayollarimiz, tana sotgani muammo. Chet ellarda köramiz, muslima ayollarni. Faxsh yölida yuribdi, buzib ming xayollarni. Nikohlangan bölsada, chetda kayfin qiladi. Mahramidan yashirin, aish - ishratin suradi. Xiyonat oddiy gapdek, gunoh misli bir ertak. Nikohid