Aytmasamda o’ziga buni, Bo’lolmayman ham kun, ham tuni, Umidlaydi mehri uchquni, Onam uchun doim bolaman... Men ONAMNI yaxshi ko’raman... Do’stlarim bor bordir bir olam, Lek qay biri tinglaydi nolam, Doim bitta bittadir ONAM, Do'stlarimni do’st deb bilaman... Va ONAMNI yaxshi ko’raman... Aka yaxshi, ukalar tengsiz, Ular bilan dunyoda kengsiz, ONAM borki qolmayman yengsiz, Aka-uka shunday boraman... Ha, ONAMNI yaxshi ko’raman... Sovut bo'lur aytgan duosi, Mavjlanur mehri daryosi, Bolam deydi qalbi navosi, Sizga atab sherlar yozaman, ONALARNI YAXSHI KO’RAMAN...