Onam kasal bo'ldi, mendanam ko'ra,
Hammadanam ko'proq otam qiynaldi.
Xastagina jonga bir ozor etib,
Butun bir oila yillab sinaldi.
Yig'lamang onajon, yig'lamang ona,
Dardni bergan berar shifosini ham.
Qarang yoningizda turipman mana,
Endi sizni xafa qilmayman hecham.
Onam kasal bo'ldi kutilmaganda,
Dunyo qop qorong'u bo'ldi ko'zimga,
Endi onam uchun yashayman dedim,
Shunda va'da berdim ilk bor o'zimga!
Yig'lamang onajon, yig'lamang ona,
Sochingiz oqarib ketibdi battar,
Yuzingizda ajin paydo bo'libdi,
Nahot sizni buncha engmoqda bu dard.
Onam kasal bo'ldi, yomon siqildim,
Ilk bora yuragim sanchdi o'sha tun,
Tilim aylanmasdi ko'zlarimda yosh,
Qo'llarim qaltirar vujudim t