Farzandlar o'stirgan niyatlari oq, Bir umr mehnatdan qo'llari qaroq, Oltmishga kirmasdan sochlari oppoq, Otangni sevmasang kimni sevasan? Barcha bolasini birdayin suygan, Saharda non yopib sochlari kuygan, Senga ipak tikib o'zi chit kiygan, Onangni sevmasang kimni sevasan? Yaxshingni oshirib,yomoning yopgan, Qirq bitta jonini senga baxshetgan, Boriga shukur deb qanoat qilgan, Ayolni sevmasang kimni sevasan? Ishdan kelganingda assalom degan, Burnidan chimchisang qiqirlab kulgan, Uch kun ko'rmay qolsang tushinga kirgan, Bolangni sevmasang kimni sevasan? Qishda uzumini shpondan uzgan, Yozda kulchalari tandirsiz pishgan, Ey do'stim Ollohning nazari tushgan, Vatanni sevmasang kimni sevasan???