-- Mol dunyoga ko’ngil berma, omonat.
--- Umring bo’yi quraverma imorat.
--- Barchasining hisobi bor, qiyomat.
--- G’animatsan, ibodat qil, ibodat.
--- Davlat bersa, miskinlarga nazar qil.
--- Harom-harish kelsa, undan hazar qil.
--- Umring tugar, borar joying mozor, bil.
--- G’animatsan, ibodat qil, ibodat.
--- Musofirsan, joning tanda omonat.
--- Oxiratda yashay desang farog’at.
--- Bu damlarni g’animat bil, g’animat.
--- G’animatsan, ibodat qil, ibodat.
--- Jannat yuzin ko’ray desang, kamtar bo’l.
--- Takabburlar Alloh sari topmast yo’l.
--- Najot senga ibodatdan, qilgil mo’l.
--- G’animatsan, ibodat qil, ibodat.