Ildiz borki ming yil yashar chinorlar Poydevor bo'lmasa qular minorlar Shaksiz yerga cho'kkay qudratli norlar Manman bo'lmang ey do'st, manman bo'lmangiz! Kamolingiz do'st-u yoron bilandir Yer-yer, osmon-osmon bilandir, Erta bor yo'g'imiz gumon bilandir Manman bo'lmang ey do'st, manman bo'lmangiz! Yursak yo'limiz bir bozorimiz bir, Bir kun ketar bo'lsak mozorimiz bir. Vatan deb atalmish gulzorimiz bir Manman bo'lmang ey do'st manman bo'lmangiz! Manmanlikdan kim topibdi martaba? Mehmon kelib yag'ir bo'lsin ostona, Olloh deylik oshkora-yu pinhona, Manman bo'lmang ey do'st manman bo'lmangiz!!!
Onamga she'r yozsam yozolmayapman, Ko'z yoshim yozuvni yuvib ketiyapti, Musofir do'stlarim men bilolma