3-QISM
Galati tushlardan qurqip uyg'onip ketdim.Quyosh alla qachon chiqqan.Xonada esa yolg'iz õzim.Tezda turip yuz qõlimni yuvip tashqariga chiqdim.Oshpaz ayolga yordamlashish uchun oshxonaga bordim.
Oshpazga yordam berishning eng yaxshi tomoni õzim xech qachon och qolmayman.Va ish xam og'ir emas.
Õtrip kartoshkalarni tozalap berdim
-Bu yerda ekansanda-oshxonaga Shoxjaxon kirip keldi-men seni izlap yuripman.
Men uni oxrgi marta sõkanini esladim va chappa qarap õtrvoldim.
U yonimga kelip engashdi va qulog'im tagiga shivirladi
-Õrningdan tur.Bir joyga boramiz.
-Xoxlamayman.
-Nega?
-Men ish qilyapman-qulimdagi kartoshkaga ishora qildim.
-Xolamni õzi eplaydi-u õtkir nigox bilan oshpaz ayolga qaragan xam ediki ayol kelip qulimdan kartoshkani oldi.Shoxjaxon esa qõlimdan tortip kuchaga olip chiqdi.Yul yulakay Nafisabonu bilan tuqnashdik
-Uni qayerga olip ketyapsan-Shoxjaxonni yõlini tõsdi.
-Yõldan qoch-Shoxjaxon uni turtip õtib ketdi.
Meni mashinaning orqasiga õtrg'izdi.Õzi esa rõlga õtrdi.Mashinani yurgizishi bilan eshik yonidagilar eshikni ochdi.
20 kunlik tutqunlikdan sõng nixoyat tashqariga chiqdim.Xavo issiq mashinani ichi esa salqin...Va yoqimli xid..
-Senda pasport bormi?-sõradi u.
-Nima u?-õzim uchun yod bõlgan sõzni eshitdim.
-Mana bunaqa-usti yashil kichik daftarchani kursatdi.
-Unaqa yon daftarlarim kup.Xammasi narigi uyda qop ketgan...
-Tushunarli...õzimam shunaqa deb õylagandim...
Qanaqadir odamlar bilan tõla joyga kelip tõxtadik.U mashinasidan tushdi.Men xam.
Ichkariga qanaqadir xonaga kirdik.Odam juda kup lekin kimdir chiqip kelip unga yõl boshladi.Qanaqadir xonaga kirdik.Meni suratga tushurishdi.Qanaqadir xujattlarga imzo chektirishdi.
Imzo-bu meni yozish buyicha õrgangan yagona savodim.
Asadbek ikkimiz kattalardek imzo chekish ustidan kuplap baxs qilardik...Afsus ular endi yoq...Qiziq xozr qayerda ekan...Baxtlimikan.. .
-Pasport tezlashishi kerak.Zaksga xujat topshiramiz yanagi xafta-Shoxjaxonni boya ichkariga yõl boshlagan odamga gaprayotganini eshitdim.
Qanaqa zaks? Men bilanmi? Men xali rozilik bermadimku? U jinnimi? Yanagi xafta? Qanday qilip? Bu aqlga sig'maydi.
-Qanaqa zaks?-mashinaga õtrishim bilan savolga tutdim.
-Qorning ochmi?-gapimga etibor bermadi.
-Yoq.
-Ertalap ovqatlanuvdingmi?
-Yoq.
-Tushunarli...
Qanaqadir kafeni oldida tõxtadi.Mashinadan tuship men tomonni eshigini ochdi
-Bu yerda nima qilamiz?
-Ovqatlanamiz...
-Shu yerdami?-xayron qoldim.Axir umrimda bunaqa joyga bironta bilan kelmaganman.Kelgan bulsam xam tog'amni restaraniga borganmiz faqat.Unda xam oilaviy.
-Xa...
-Mendan uyalmaysizmi?
-Nega uyalishim kerak-u g'alati qaradi.
-Men tentakman....
U balant ovozda kulip yubordi.Xõmrayganimdan sõng kulgudan tuxtadi
-Xafa bulma bu gapni sendan eshitish g'alati bularkan...Tush mashinadan...
Mashinadan tuship unga ergashdim.
Turli yigit va qizlar birga õtrardi.Ular kirishimiz bilan bizga qaradi.Tezda õzimni jiddiy tutdim.
Bõsh joyga õtrdik.
-Nima yeysan?-u menyuga qaradi.
-Bilmadim.
-Nega bilmaysan.Tanla orasidan bittasini-menyuni uzatdi.Lekin yozuvlariga tushunmadim.Kuzimga chiroyli kuringan suratni tanlap kursatdim-Turk kabob?
-Nima u?-gapiga tushunmadim.
-Sen tanlaganing.Õqishni bilmaysanmi?-yana kulip yubordi.Uni kulgusi oxir meni ado qiladi.
-Bilmayman-aybdordek bosh egdim.U jiddiy tortdi...
-Xafa bulma õrganasan.Õqishdan ossoni yoq....
Afitsian qizga bir nimalarnidir aytdi.
Galati u mendan, meni telbaligimdan uyalmadi.Nega? Axir qarindoshlarim mendan uyalardi odatda.U esa g'irt begona...Lekin uyalmadi...
-Oldinlariyam shunaqa joylarga kelarmiding?-atrofga olazarak qaraganimga sõradi.
U meni kim deb õylayapti.
-Albatta-xaqoratlangandek xafa bulip javob berdim-tog'amni õzini shunaqa restarani bor edi.
-Esim qurisin sen Shodmonboyvachani jiyanisanku-istexzoli kuldi.
-Tog'amni ismini xurmat bilan ayting.
-Naqadar izattalabsan.Bu xislat telbalarga yot.
-Telba bulishim mumkin lekin axmoq emas.
-Ikkisini õrtasida farq nima?
-Õzimni va oilamni obrõini toptatip quymayman.Ayniqsa sizlarga...
-Qonli dushmanchilik kichik xonimni xam chetlap õtmapti-u chiroyli tabbasum qildi.
-Qonli dushmanchilik
xech qachon tu
gamaydi xam.
-Dushmanchilikni davom etradigan sizlardan kim bor? Bir oyog'i yerda biri gurda buvingmi? Yoki xatto õzini ismini eplap aytolmaydigan senmi?...Azizam urush tugadi.Tan ol.
-Menni tan olishim nimani õzgartradi?Tõg'ri meningdek telba va buvimdek qariya urushni davom etra olmas lekin bizlarga shuncha yildan beri sodiq xizmat qilip kelgan insonlar bor.Buni judayam yaxshi bilasiz.Demakki urush tugamagan...
U menga ilk bora kurayotgandek qaradi
-Aqillisiz kichik xonim.Men õylagandanda...
Sukut saqlashni maqul kurdim.Xozr yana ikki og'iz gaprsam xamasini rasvo qilip quyaman...
Afitsiant mazali fastfudni olip keldi.Ovqatlanip bulguncha gaplashmadik.Kein yana mashinaga õtrdik.
-Biron joyga borishni xoxlaysanmi?-sõradi u.
-Yoq-boyagi yoqimsiz suxbat xayolimdan ketmagani uchun ters javob berdim...
-Kichkintoy sening birorta orzuing bormi?-mashinani odam kam joyga olip kelip tuxtatdi.
Orzu...mening orzuim ....albatta ertaklardagidek yashash...
-Ertaklar olamiga tuship qolishni xoxlayman...
-Xoxlaysanmi ertaklarni sening xaqiqatinga aylantraman.
-Bilmadim...
-Kichkintoy bilasanmi meni orzuim nima? Mana shu axmoqona qonli dushmanchilikni tõxtatish.Tinch yashash.Faqa sevgan insonim bilan...Sen bilan....
U nima dedi xozr? Nima? Sevgan insoni men?!!! Bu nima dil izxorimi? Yoq yoq bu xato.Õzingni qulga ol Farog'at u sening ashaddiy dushmaning.Unga ishonma.Aynan ular tufayli yetimsan...yolg'izsan....Ex xudo qulimdan kelmayapti nafratlanish...
-Nega jimsan?-mayin ovozda sõradi u.
-Siz Mardonlardansiz-qisqa va aniq javob berdim.
-Nima qipti? Bu degani seni sevip qolishga xaqim yoq deganimi? Senga qancha misollar kerak yovuz qaxramonlarni sevip qolip yaxshiga aylangani xaqida.Bu bilan men yovuzman demoqchi emasman.Men boshidanoq qon tukishga qarshi bulganman.Lekin uzing aytgandek bu jangni tõxtatish ilojsiz.Shuning uchun men sen bilan ketmoqchiman....Tushunyapsanmi? Agar biz turmush qursak qonli dushmanchilik tugaydi.
-Tugamasachi?
-Menimcha jang qilishdan mano qolmaydi.Sen Shodmoni jiyani sulolangning yagona merosxõri mening Shoxjaxon Mardonovning qonuniy xotini bulasan.Kim jang qiladi kein? Va nima uchun? Mano bormi?
-Buvim bunga yul quymaydi.
-Buvingdan xavotr olma allaqachon gaplashganman.Kecha buving xam rozi buldi.Gap faqat senda qolgan xolos...
-Turmush qursak men malikalardek kuylak kiyamanmi?
-Albatta.Tuydan kein aytganingni muxayo qilaman....
Javob bermadim jimgina kuchani kuzatdim.U ancha gaprdi.
Kein uyga qaytdik.Uyda bizni g'azap otiga mingan Xoji aka kutip oldi.
-Nimalar qilyapsan axmoq-kirishimiz bilan Shoxjaxonga õshqirdi.
-Menga unga uylanmoqchiman-qõllarimni ushlap otasiga kõrsatdi.
Xoji aka tezlik bilan kelip Shoxjaxonni yuziga tarsaki tushurdi
-Yuzimni shuncha yerga qaratding indamadim.Bunisi ortiqcha.
-Men uni sevaman!!!
-Axmoq!!! Bu telba-dushmaningning qizi.Aynan shular tufayli onangdan ayrilganingni unutdingmi?
- jang-sizlarniki.Buni bizga aloqasi yoq.
-Sen meni õg'limsan.
-Qanaqa õg'il? Faqat guvoxnoma va pasportni bezap turadigan ismmi?Yoki sizdan menga sadaqa sifatida tegadigan sariq chaqami? Otalik qilganiz qani? Topgan tutganizni Shoxruxga berip quygan busangiz.Qani otalik?
-Seni xayolingda faqat pul!!! Boshqa narsa qiziqtrmaydi.
-Boshqa yana nima bulishi kerak? Xamma narsani boshida turgan xam pulku.Anavu megajinga xam pul uchun uylangansizku.Yo notõg'rimi?.
Xoji ota Shoxjaxoni yoniga kelip bir necha bor tarsaki tushurdi.Kein esa g'azap bilan menga qaradi.
-Bilganimda seni oldinroq õldrardim-afsuslanip qõlini yoniga chõzdi.Eshik og'zidagi qõriqchi tõponcha olip kelip berdi.Xoji aka meni nishonga oldi.
U nima qilmoqchi meni õldrmoqchimi? Aybim nima?
-Undan oldin meni õldrasiz-Shoxjaxon meni tõsip oldinga õtib oldi.Xoji ota tõponchani Shoxjaxonga tiradi-Õldring!!! ...Õldring!!!
Xoji aka bir zum õylanip turdiyu kein tõponchani tushurdi
-Uyimdan yõqol.Bugundan boshlap meni senday õg'lim yoq!!!
Shoxjaxon meni qulimdan ushlap yetaklap kuchaga chiqdi.Mashinani kalitini eshik oldidagi qõriqchiga tutqaziyu men bilan katta yõlgacha piyoda yurdi.
-Tõxtang!!!-qõlimni tortip oldim-nimalar qilyapsiz?
Bu notõg'ri.X
oji aka sizning otangiz...
-Faro iltimos....jim-zõrg'a gaprdiyu mashina tõxtatdi.Qayerningdir manzilini aytdi.Mashinaga õtrdik.
Turli tor kuchalardan õtip mening yoshligim õtgan xuvillap qolgan uyning ostonasiga keldik.Eshikni õrta yoshlardagi notanish juvon ochdi.
Rus tilida nimalarnidir gaplashishdi.Kein ichkariga kirdik...
Mexmonxonada buvim turardi.Negadir avalgi salobatidan asar xam qolmagan.Xastalangandek.Negadir ozip ketgan.Kõzlari esa mayus...
-Nega kelding-ovozida esa xali xam õsha mag'rurlik.
-Sizga aytganimdek nevarangizni sevaman.Unga uylanmoqchiman.
-Shu telbagaya?-men uchun begona bulgan insondek gaprdi.
-Men uni sevaman!!!
-Bu yetarli sabab emas.
-Men u uchun oilamdan kechdim.
-Naxotki-buvimni kuzlari porlap ketdi.Bir zum õylanqirap turdiyu kein kulip savol berdi-agar unga uylansang qaytip oilangni kurmaysan.
-Roziman.
-Meni uyimda yashaysan.
-Roziman.
-Qonli dushmanchilik xali xam davom etmoqda.Buni yaxshi bilasan.Tõydan kein biz tomonda turip jang qilasan.
-Agar uni ximoya qilish uchun bulsa roziman-u qõllarimdan qattiq ushladi.Buvim xam bizni qõllarimizga qaradi.
-Otanga qarshi borishga xammi?
-Kerak bulsa xa...
-Ajoib.Meni lol qoldring-kein boyagi juvonga yuzlandi-Akbarga ayt oqsaqollarni yig'sin.Tõyga tayorgarlik kursin.Tõy bõladi.Shaxardagi eng katta tõy...
Buvim sõngi gaplarni faxr bilan tilga oldi.Kein bizga yõl boshladi.2 qavatdagi mexmonlar xonasidan joy kõrsatdi.
-Tõygacha qoidaga muvofiq õrtalaringda xech narsa bulmasligi kerak ...
Buvim uchun bun narsani qizig'i bulmasa xam takrorladi.
-Albatta!!!.
-Eski xonangni yõlini bilasana?-buvim menga yuzlandi.
-Xa-javob qaytardim.
Buvim chõntagidan nos chiqarip og'ziga soldiyu ketishga chog'landi.
Nima qilishni bilmay Shoxjaxonga qaradim.Kein borip xonadagi uzun divanni burchagiga omonatgina õtrdim.
U bilan gaplashishim uni bu yõldan qaytarishim kerak.Xoji aka yomon bulsa xam uning otasi.Men tufayli oilasiga xiyonat qilishi mumkinmas...
Shoxjaxon mayus divanga chõzildi boshini oyog'imga qõydi.
-Balki endi senga bulgan xislarim chinligiga ishongandirsan...
Ishondim.Albatta ishondim.Faqat bu men uchun qilingan katta qurbonlik buldi.Men bunga arzimayman.
-Men tufayli otangizdan ayrilishingizni xoxlamayman.Ortga qaytaylik.
-Meni otam onam õlgan kuni qushilip õlgan...
-Qanday qilip?-uni gapiga tushunmadim.
-Oddiy.Onam õlgan kun men otamni xam yõqotdim.Guyo sening ertaklaringdek boshqa bir mexrsiz, sovuq odam otam qiyofasida kelgandek buldi...
-Qiynalyapsizmi?
-Yoq-og'ir yutundi-bir pas jim tur....ozroq dam olay...
U kõzlarini yumdi...
Uni uyg'otmaslik uchun joyimda qotdim.Oppoq teri qora qoshlar...naqadar nafis ...Uxlayotganda farishtaga õxshaydi...U men tufayli oilasidan kechdi.Men tufayli meningdek telba tufayli...Vada beraman men uni endi xech qachon tashlap ketmayman.Xech qachon yolg'iz qoldrmayman...Uni asrap avaylayman...Baxtli qilaman...Telbalik qilmayman...
*
-Xayrli tong!!!-uning ovozidan uyg'onip ketdim.Õsha divanda tik õtrgacha uxlap qolgandim-kechr seni qiynap quydim...
-Xech qisi yoq...
Õrnimdan turip xonamga ketishga chog'landim.
-Kichkintoy!!!-meni tõxtatdi.Unga qaradim-tõyimiz bõlayotganidan xursandman....
Uyalip tashqariga chiqip ketdim.Xonamga yugurip eshikni ichkaridan qulfladim.Baxtdan sarmast bõldim.
U meni sevadi.Men esa uni.Ertaklardagidek shuncha tõsiqlarga qaramay birgamiz.Yaqinda esa tõyimiz...Bundan ortiq baxt bormi yana...
*
Buvim 2 xafta ichida tõy tayorgarliklarini tugatdi.Tõydan 3 kun oldin xashamdor qilip butun shaxarga osh berdi.Xammaga Mardonni õg'liga tegayotganimni va endi Mardonlarni õg'li biz tomonda ekanini aytdi.
Albatta bularni barini ataylap Xoji akaning g'ururini sindrish uchun qilindi.Bunga shubxa yoq....
Tõy minglap qurollangan odamlar orasida õtdi.Tõyga kim kelgan bulsa bari qurollangan.Xamma Mardonlardan javob zarbasini kutardi.Lekin negadir Tõy tinch õtdi.
Men orzu qilgandaqa oq kuylakda gõshanga kirdim.Nixoyat men orzu qilgan laxzalar...Eshik oxista ochildi.U deb õylap ortga qardim.Lekin negadir buvim turardi....
-1 asr...100 yillik qonli dushmanlik-buvim sekin
mexr bilan yuzimdan
silap bezatilgan yottoq
qa õtrg'izdi-bilasanmi qanchadan qancha qon tukilganini? Qurbonlar...Buvang judayam yaxshi odam edi.U qon tukilishini xoxlamasdi.Menga uylanip tinch yashash uchun shu yerlarga kuchip keldik.Xammasi yaxshi edi.Aval ikki tog'angni dunyoga keltrdim.Erim mexribon...oilam tinch edi....Lekin ular qanyotam bilan yana janjalashishipti.Arzimagan janjalga xalol mexnat qilip chetda yashayotgan buvangni boshini olip qaynatamga junatishipti...Õshanda onanga xomilador edim...Xech narsadan xabarim yoq kuchaga chiqsam qaynotam.Chuqur qayg'uda yonida esa buvangni kallasi...Bu daxshat edi...Ular shunchalik past ketishdiki xattoki buvangni tanasini berishmadi.Sõngi yõlga faqat kallasinigina kuzatdik...Õshanda qonxõr Mardonlarni õz qoniga chõktrishga qasam ichdim...Yillar õtgan sayin qon daryosi kupayardi...Men g'olip kelayotgandim...Lekin onang kuksimga pichoq sanchgandek otang bilan qochip ketdi.Õzicha buvang kabi tinch yashamoqchi buldi.Lekin kurip turganibgdek bu jang onangniyam chetlap õtmadi...Jang davom etdi...Bilasanmi ular qanchalar pastkash? Tõy bõlayotganda dushmanlarini mexmonday kutib olgan odamlarimizni ortidan pichoq uradigan darajada pastkash.Ular shunchalar pastkashki xatto yosh bolalarniyam ayamaydi...Õzing ayt Farog'at Sherdorni norasida bolalarida nima gunox edi? Ayt!!!-meni yelkamdan siltap sõradi.Yig'lap yubordim.Qalbimda ularga nisbattan nafrat uyg'ondi-Bilmaysan...Bilolmaysan xam...Jang tugagani yoq qizim xali xam davom etyapti...Xoxlaysanmi tog'ang va uni norasidalari uchun bu kecha qasos olasan.Xattoki onang uchun-yonidan ixcham lekin chiroyli pichoqni chiqarip qullarimga tutqazdi-bu Mardonlarni jonini olish uchun ota bobolarimiz tomonidan yasalgan pichoq.Nixoyat bugun pichoq yana Mardonlarni qonini kõradi....
Buvimni gaplaridan daxshatga tushardim.Ich ichimdan Shoxjaxonga ziyon yetkazmasligini sõrardim...
-Bugun sen Shoxjaxonni kallasini olip tog'alaring va ularni bolalarini õlimi uchun javob tariqasida Mardonlarga jõnatasan...
-Yooooq-yig'lap yubordim.
-Xa aynan shunday qilasan.Bu sening tog'alaring oldidagi burching...
-Buvijon...iltimos...meni majburlamang...
-Agar sen õldrmasang u seni õldradi.Axmoq bulma u seni sevmaydi.Unga faqat qonli qasos kerak.Aynan shu sabab senga uylandi.Nemat xech qanday chora kurmayapti demak ularni rejalari bor.Ulardan oldin biz zarba berishimiz kk...
-Buvijon...
-Onangni va tog'alaringni õyla...
Kuz oldimga butun oilam...xovlimizni tõldrip õynap yurgan jiyanlarim keldi...Xanjarni qõlimga olip yostiq ostiga yashrdim...
Men qaror qildim.Aval Shoxjaxoni õldraman.Kein õ zimni.Biz bu dunyoda birga bulolmaymiz lekin boshqa dunyoda albatta baxtli bulamiz..
Buvim ketishi bilan Shoxjaxon kirip keldi.Ortiga õgrilip ustidagi kastyumini yechdi.Men tezlik bilan pichoqni qõlimga oldim yengim orasiga yashrdim...
-Mening gõzalim nega xafa-yoqimli ovozda yonimga keldi.Men õrnimdan turdim.Kuzlarimda yosh...Meni sotip quyadigandek-Nima bõldi?
-Sizni sevaman-sekin shivirladim.U kulip quydi
-Men xam-meni bag'riga bosdi.
Õldrish uchun eng qulay fursat.Sekin pichoqni qinidan chiqardim.Uni ortida pichoqni u tomonga qaratdim...
Bitta zarba...va bari tamom...#abadulabad1
Xayotingizni xal qiladigan daqiqa bulsayu siz shu daqiqadan qochishni xoxlasangiz nima qilardingiz?
Xali xanuzgacha õsha kunni unitishni xoxlayman.Qani edi xayolimdan õchsa õsha kun.
U chi? Menimcha u meni bu ishim uchun xali xanuzgacha kechrmaydi....kechrmasa xam kerak...
Pichoqni uchi kirishi bilan u meni siltap tashladiyu orqasini ushlap orqaga tislandi
-Jin ursin seni nima qilyapsan?-menga õshqirdi.Qulimda qonli pichoq.Begonani emas aynan uni qoni.Men sevgan insonimni qoni...Nimalar qip quydim...
-Men...men...meni kechring...men xoxlamagandim....-men esa bir sõzni takrorlap tinimsiz yig'layman...U oynani yoniga borip qonayotgan orqasini qaradi.Yara chuqur emas...
Bõynidagi galstugini kein oq kuylagini yechdi.Yan bir bor ortiga qaradiyu galtstugi bilan õsha joyni maxkam bog'ladi...
-Nega unday qilding?-meni yonimga kelip ikki yelkamdan ushladi.
-Kechring...xoxlamagandim...
-Men seni sevip baxtli qilmoqchi edim ....sen esa ortimdan pichoq urding...
-Men xoxlamagandim...Chin sõzim-yig'lap tushuntrishga xarakat qilardim.
-Buvingni buyrug'imi bu?-uni kuzlarida bitmas tugamas nafrat...Men taslimman.Bosh silkidim...
U sõkingancha chiqip ketdi...
Iltimos meni ursin, jazolasin, xaqoratlasin...Lekin jim ketmasin...Men usiz yasholmayman...bir daqiqayam...
Qilgan ishimdan afsuslanim ...Lekin kech edi...Naxotki u ketgan bulsa...Meni tashlap...butunlay...
Qancha yig'laganimni bilmayman...Yoq bu turishda davom etolmayman...Borip buvimga uni sevishimni usiz yasholmasligimni aytaman...kerak bulsa tiz chõkaman..Balki buvim uni qaytarip olip kelip berar...
Õsha onda buvim xamma narsaga qodrday kurindi.Xonamdan chiqip buvimni xonasiga bordim...
Qõrqip eshikni taqillatdim
-Buvi....Buvijon...-sekin chaqrdim.
Ammo eshikni Shoxjaxon ochdi...
-Siz???-xayron qoldim lekin shubxalanmadim.Yana yig'lap yubordim-meni kechring...iltimos...men xoxlamagndim...
U indamadi meni bag'riga bosdi
-Boshqa xech qachon unday qilma.
-Sõz beraman...Boshqa unday qilmayman...Buvimga aytishim kerak qonli dushmanchilikni tugatish kerakligini-xonaga muraladim.Lekin xonada negadir buvim yoq kurinmadi...
-Buving bilan gaplashdim...Qonli dushmanchilik tugadi...Xozr esa yur xonamizga...Buving charchagan u dam olyapti...
Xech narsadan shubxalanmay uni qullaridan ushlagancha xonamizga yõl oldim...
Xonaga kirguncha yul yulakay uyimizni yangi ish boshqaruvchisi Nadyadan aptekchkani sõradi.
Xonaga kirishimiz bilan ortimizdan Nadya kirip keldi.
Shoxjaxon yechinip õtrdi.Nadya bilan rus tilida nimalarnidir gaplashdi.Shubxasiz meni tentakligimni tan olishdi.Shoxjaxon istexzoli kuldi...
Spirtni quyishi bilan yuzi bir zum õzgardi
-Og'riyaptimi?-qurqip sõradim.
-Yoq-qisqa va aniq javob berdi.
Meni tanam og'rigandek buldi.Yana yig'lap yubordim...
-Nega yig'layapsan?...-tentakga qaragandek qaradi.
-Sizni jonizni ogritdim...kechring-yoniga borip tiz chõkip õtrdim.U oxista iyagimdan kõtardi.Iloj boricha mexr bilan qarashga xarakat qildi lekin qulidan kelmadi nafrati uni sotip qõ ydi.Bu bir asrdan beri davom etib kelayotgan dushmanchilik emas boshqacharoq nafrat edi...Yana yig'lap yubordim...
-Farog'at-ismim bilan chaqrdi.Naxotki endi meni boshqa erkalamasa..-yosh bola bulishni bas qil.Kurip turipsan õldrip quyganing yoq.Trikman!!! Bass qil!!! Iloj bulsa ovozingni õchr!!!
Uni past lekin dag'al ovozda gaprgan gapidan kuz yoshlarimni artdim.Jimgina joyimga borip õtrdim.
Nadya ishini tugatip ketdi.U õrnidan turip yonimga kelip yotoqga chõzildi.
Men xam yoniga yotdim.
-Bilasanmi Farog'at yelkam kuchli og'riyapti.Agar iloj bulsa yerga yotsang.Men birov bilan yotishga õrganmaganman....
Uni gapidan kein õrnimdan turip xonani yeriga yotdim.
-Aqilli qizaloq!!!-u shunday dediyu uyquga ketdi...
Men kuzlarim yoshlanguncha qalin gilam tõshalgan qoq yerda uyquga ketdim...
***
Xovlidagi yig'i ovozidan kuzimni ochdim.Ayollarni daxshatli uvullashi meni daxshatga soldi.Xonani burchagiga gujanak bup õtrip oldim.
Bunaqa ovozni ilk bor ota onam õlganida eshitgandim...kein esa togalarimni õlimida...xozr esa...yoq ...yoq...boshqa õlmni kutara olmayman...Shoxjaxon qani...naxotki u õlgan bulsa ...u õldimi?...uni
men õldrdimi....
Quloqlarimni yopdim...Ovoz tinchidi...yuqolip qolishni xoxlayman...judayam...qani edi imkon bulsayu bu dunyodan yuqolsam...gõyo xech qachon mavjud bulmagandek...
Ancha quloqlarimni yopip turdim kein sekin ochdim yana õsha ovoz...Qani edi kar bup qolsam....
-Yooooq!!! Bas qilinglar!!!-ularga monand ovozda baqrdim.Xonaga Nadiya kirip keldi.Meni axvolimni kõrip yaqinlashdi men yana õsha burchakaa quloqlarimni yopip õtrip oldim.U achinip qaradiyu ketdi...
Bir oz õtip Shoxjaxon kirip keldi.
Xayriyat u trik...sog' salomat...
Kelishi bilan õzimni uni bag'riga otdim...
-Mashaollox!!!-sekin shivirladim.
-Nima buldi?
-Sizni boshqa kurmiman deb qurqdim...
-Men yoningdaman...
Uni bir zum qattiq quchdim.Yana xovlida daxshatli ovoz...
-Nega xovlida bunaqa ovoz? Iltimos ayting bas qilishsin...Iltimos-quloqlarimni yopip oldim.
U qullarimni quloqimdan olip jiddiy qaradi
-Farog'at buving yurak xurujidan jon berdi...
Tamom...dunyoyim ostin ustun...Buvim xam meni bu yolgonchi dunyoda tashlap ketdi...Xammasiga yana men aybdorman....
Xushimni yõqotdim...
*
Xushimga tunni yarmida keldim.Uy qorong'u...Men zulmatdan qurqaman...
Bor ovozim bilan qurqip baqrdim.Tez orada xonaga tungi pijamadagi Shoxjaxon va Nadiya kirip keldi.
-Nima buldi-Shoxjaxonni ensasi qotdi chiroqni yoqarkan...
-Men...men qorong'ulikdan qurqaman...
-Ufffff... shunga shunchami? Buldida endi-Aval ovozini balandlatdi kein õzini bosdi-Farog'at yosh bola bulma iltimos...Endi katta qiz bulding...Oilali ayolsan...Õzingni bos....
Õzimni bosay? Qanday qilip? Kechagina oq kuylakli baxtli kelin edim bugun aza libosidaman...Kecha buvim bor edi...Buvim suyukli insonimni õldrishimni aytdi...Qõlimdan kelmaga esa...Suyukli insonim buvimni õldrdi...Xech narsani xis qilmaydigan telbadek yashaymi? Chidolmaymann...Yuragimdan õtib ketyapti...Men erli ayolman...Lekin erim yonimda emas...U mendan nafratlanadi...Shu xam xayotmi?...
Ich ichimdagi gaplar tilimga kuchmasdan kuzimdan yosh bulip chiqdi...Unsiz yig'ladim...
-Uffffff....jin ursin xammasini...-Shoxjaxon devorni mushtladiyu xonadan chiqip ketdi.
-Bednyashka-nixoyat Nadyadan sado chiqdi.Sekin yonimga kelip õtrdi-Xoxlaysanmi bugun yoningda qolaman?-men tasdiq manosida bosh silkidim-Shoxdan xafa bulma unga bugun og'r kun buldi...
-Unga nima qildi?-qiziqip sõradim.Nadya meni oxista joyimga yotqizdi kein ruscha talafusda õzbekcha javob berdi-bilmadim klanlaringda qanaqadir Mulya akalar bor ekan.Babushkangni õlganiga qurollanip uyga kelishdi.Shox bilan janjalashishdi...
Nima? Bugun oqsaqollar keldimi? EX xudooo!!!Daxshat...
Men yana nimani kutgandim.Albatta buvim õlgan endi boshchilik qiladiga xech kim yoq.Mardonlar esa uyimizda..
-Kein nima buldi?
-Shox masulyatni buyniga oldi.Seni sevishinni aytdi.Pavizlo senga.Qanaqadir Mardanlarga kerak bulsa qarshi borishini aytdi.Boshqa "kravanaya vrajda" bõlmasligiga vada berdi...
Albatta axir u farishta...U mening farishtam...U meni sevadi ex xudo...Naqadar yoqimli endi qon tukilmaydi...
-Sen baxtlisan...Shox kuchli er.Uni xammani oldida mardlarcha boshini pistaletga tutganini kursan edi...
-Uni otishmoqchi buldimi?-qurqip sõradi.
-Da...Mulya akalar pistalet bilan kirip kelishdi...Vawe kriminal...
-Keinchi?
-Kein Shox xamasini tinchitdi.Mulya akalar kuzatamiz deb ketdi...
Ich ichimdan xudodan uni asrashini sõrap duo qildim.Nadya chiroqni yoniga bordi
-Õchraymi?-chiroqga ishora qildi.
-xa-chiroqni õchrip yonimga kelip yotdi.
Ancha vaqt u xaqida õyladim.Kein esa õzimni qiynayotgan savolni berdim.
-Shox
xozr qayerda?
-Õzini eski xonasida.
-Nega?
-Seningcha qayerda bulishi kerak?
-meni yonimda-aniq va tõliq javob berdim.
-Kechagi ishingdan sõng xammi?
Eeeex kechani eslatmasa bõlardi.
-U menda qõrqayaptimi?
-Kaneshna.
-Afsus...Aqilli qiz bulardim...-yoq yoq xayolimga aslo yomon narsa kelgani yoq.Shunchaki õsha payda uni yonimda bõlishini dalda berishini kutgandim xalos...
*
Oq kuylagimni yechiboq azaga kirdim.Uy xuvullap qoldi faqatgina marosim kunlarigina uyda odam.Qogan paytlar esa uy jim jit.Qabristondagidek...
Qabriston qanaqa bulishini bilmiman lekin uy tinchisa buvim uyni qabristong
a õxshatardi.Shu gap esimga tuship ketdi xolos...
Buvimni 7 si otmasdan uyda azaliy dushmanchilikni sarqitlari bosh kõtardi.
Avaliga xizmatkot va qõriqchilar Mardonlarga xizmat qilmaymiz deb bosh kutarishdi...
Shoxjaxon aqillik qildi.Xammani yig'diyu
-Men Farog'atga yani sizlardan bulgan qizni tanlaganim uchun oilam mendan kechgan.Endi men Mardonlardan emasman.Men sizlardanman.Farog'at meni xotinim.Bu uy meni uyim.Sizlar esa meni oilamsizlar...Men vada beraman azaliy dushmanchilik qon tukish tugaydi.Xammamiz tinch va osuda yashaymiz...Men yaxshi biznes reja tuzganman.Agar ishlarim muvofaqiyatli ketsa xama yarim yilda ish õrni bilan taminlanadi.Yaxshi maosh olasizlar.Ishonaveringlar xozrgi qilgan kallakessarlik uchun oladiga arzimas choychaqadan kura kuproq...
-Agar õxshamasachi-xamma bir ovozdan takrorladi kein oradan kimdir chiqdi-sen Mardonlardansan.Senga qanday ishonishimiz mumkin?...Sen bizni aldap arzimagan ishing bilan mashg'ul qilganda oilang bizni xõrlash bilan ovora bulsachi?
-Agar meni oilam oralaringdan birontalaringni cheritsa, bu ishini javobsiz qoldrmayman....
Xa mana shunaqa mard inson U...Meni shaxzodam..U men uchun oilasiga qarshi borishga tayor....Faqat men uchun...Meningdek telba uchun...
Shoxjaxon butun dunyoga meni sevgani uchun biz tomonga õtganini aytip jar solsa xam xayotimizda negadir buni aksi kõrinardi.U meni yoqtrmas...Men bilan bir dasturxonga õtrmas...Meni kõrishi bilan mendan uzoqlashishga baxona izlardi...
Men buni shunchaki tõy kunida qilgan ishimga nisbattan xafagarchilikga yoyip qõydim...
Buvimni 40 qi gacha Shoxjaxon butun uyni õz qõliga oldi.Restaranni qayta jixozlap, tamirlagan bõldi.
Xech qachon gul ekilmagan uyimizga bog'bon olip keldi...U oila boshi sifatida xamma narsani eplardi...
Buvimni marosimlari tugagach uyimizga advakat keldi.
Qõlidagi vasiyatnomani õqib eshitirdi.
-:Men Õraloy Shams butun mol mulkimni ya'ni xisobimdagi restaran, uy mashina,Tikuv sexi, firma va unga tegishli bõlgan joylarni Nevaram Farog'at Shamsga qoldraman.Tuzalip ketish sharti bilan.Aks xolda barcha mol mulk "g......"ga qarashli bolalar uyi va mexribonlik uyiga õtkazilsizn.
Tuzalip ketgan taqdrda xam Nevaram Farog'at Shams õzidan farzand qoldirmay bu dunyodan õtsa barcha qoldrilgan mol mulk yana davlat xisobiga õtadi.
Istisno tariqasida Nevaram Farog'at Shams aqliy nosog'lom bulip Men õlganimdan kein 3 yil ichida farzandli bulsa.Farzandi aqliy sog'lom bulsa.Unda barcha mol mulk Farog'at Shamsni farzandiga voyaga yetganidagina qoldriladi.
Nevaram Farog'at Shams va uni qarovchisiga aqliy nosog'limlik paytida mening xisobimdan xar oy eng kam ish xaqi barobarida pul ajratiladi.
Õraloy Shams.
01.06.20..yil
Imzo"...
-Bu nima izdevatestvami?-Shoxjaxon turgan joyoda baqrip yubordi.
-Bu marxumani vasiyati-advakat beetibor javob berdi.
-Men uni qonuniy eriman.Qonun doirasida unga tegishli bulgan narsalaring yarmida xaqim bor.
-Xa faqat u tuzalip ketgandagina.Ungacha meros davlat xisobida turadi.
-Bu õtib ketgan taxqirlash.Biz nimani xisobiga yashaymiz?
-Unga xar oy pul ajratiladi.
-Sariq chaqami? Bunga kun kechrip bumaydiku.
-Men ojizman Shoxjaxonbek.
-Xech bulmasa restaran va uyni beringlar uni sog'ayip ketgunigacha ishlatip turay.Axr uni davolatishimgayam pul keraku.
-U uchun xar oy pul ajratiladi.Sizga beradigan yordamim davlat xisobidan xam aqliy nogironlar uchun nafaqa olip berish.
-Sariq chaqa bilan siz oilani boqa olasizmi?.Yana uyda shuncha xizmatkor.Ularga maow berish kerak.
-Xarajatlarni qisqartrasiz....
-Jin ursin...jin ursin...bu noxaqlik.
-Shoxjaxon bek sizga bir kichik maslaxat beraymi-Shoxjaxon unga umid bilan qaradi-U sizni xotinigiz.Eshitishimcha unga uylanishiz ancha qarama qarshiliklarga sabab bulgan ekan.Unga uylanishga jasoratiz yetgan ekan demaki uni boqa olasiz xam.Ikki kishini boqish unchalik qiyinmas ayniqsa xar oy nafaqa ajratiladigan inson bulsa...
-Maslaxatiz õzizga buyursin-Shoxjaxonni xafsalasi pir buldi-men tanish advakatlarim bilan gaplashaman.Maslaxatim õzizga extiyot buling.
-Bemalol.
-Ketishingiz mumkin...
Advakat qanaqadir xujatlarni qoldrip
chiqip ketdi.Shoxjaxon peshonasini
ushlap divanga õtrdi.
Unga dalda bulgim uni ovutgim keldi...Lekin nina deyishim mumkin...
Sekin yoniga borip õtrdim
-Biror narsa xoxlaysizmi?-sekin mayin ovozda sõradim.
U boshini ushlap turgan qõllarini boshidan oldi kein qizargan kuzlari bilan nafrat ila qaradi
-Xa xoxlayman.Faqat seni yõqolishingni.Iltimos iloj bulsa xozr, yoq ,shu bir xafta kõzimga kurinma õzimga kep olay...
Uni qõrs lekin mayin ovozda aytgan gapidan õrnimdan turdim.
Singan kunglim...va alamli kõz yoshlarim bilan xonamga yõl oldim...
*
Aytganidek 1 xafta xonamdan chiqmadim.Avaliga ikki kun ovqatlarimni Nadya olip kelip berdi.Kein u kurinmay qoldi.
Oynadan qaraganimda esa qõriqchilar xam yoq...
Uy butunlay xuvulladi...Endi Shoxjaxon yoqida uyga chiqip ovqat yeydigan buldim.
Lekin tez orada muzlatgich tugadi...
Uyda esa qimatbaxo guldon va suratlar joyida yoqligini sezdim.Bu borada gaplashish uchun Kechasi Shoxjaxonni kutdim.
Nixoyat 10 kun deganda kurishdik.
Tushga yaqin kelgan Shoxjaxonni yoniga bordim.
-Salom-dedim qõrqip.
-Salom-nixoyat alik oldi-Nima deysan?
-Uyda negadir Nadiya yoq-u qoshlarini kutargancha dushmanini xaqoratlarini tinglagandek jim eshitdi-kein oziq ovqat tugagan....Negadir guldon...va anavur yerdagi suratlarni kurmayapman....Shular xaqida gaplashmoqchi edim...
-Aqilli xonim buvizdan qolgan sariq chaqaga xam xizmatkorlarni boqish xam sizi boqish oson emas.Oilangizni bitmas tugammas boyligidan ozginasini sotishga majbur buldim.3 ta partret bilan Shoxona saroy xuvulap qolmaydi.Oziq ovqatdan xavotr olmang.Xozroq olip kelaman.Umid qilamanki ulardan eplap biron narsa pishras...
Bu qanaqa oxang? Qanaqa gaprish uslubi? Bu qanaqa munosabat? Men unga dushmanmanmi? Men unga nima qildim? Nega bunaqa munosabbatda buladi? Aybim nima? Tõy kunidagi voqeami? Shunga shunchami? Gunox qilgan bõlsan õldrsin.Nima qiladi buncha azoblab.
-Ovqat pishira olaman...Kelin oyim pishriq pishirishga õrgatgan-ichimda qancha gap bulsa xam bu safar xam tilimga chiqarmadim.Shunchaki jim turdim...
-Kerakli narsalarni yozip ber xozr olip kelaman-u etibirsiz gaprdiyu kein aybdorona bosh eganimni kõrip gapini tõg'rladi-Aytgancha yozishni bilmaysanaaa? Yaxshi og'zaki ayt?
-TuxUm
Shakar
Qaymoq...
Kerakli maxsulotlarni aytdim.Bugun shaxzodam uchun tort pishiraman.U meni sinovdan õtkazadi.Bugungi kun xamma narsani xal qiladi shuning uchun bor maxoratimni ishga solishim kk....
Bir soatda olip kelgan maxsulotlaridan tort pishrdim.Yurakcha shaklida.Yoniga kartoshkani qovurip qõydim.
Tortdini ustini mevalar bilan bezadim.Gõyo shu tariqa unga sevgi isxor qiloyotgandek...
Dasturxoni uni kuz oldida bezadim.
-Qanday chiqipti?-doskaga chiqan talabadek uni yonida tik turdim.U aval kartoshkani yedi.Choy ichdi.Kein yana kartoshka...salat...choy...kartoshka...sharbat...
Kein tortni bir bulak kesip yedi....kein yana choy...tort...sharbat...tort ...choy...
Kein oxista õrnidan turip xonasiga yõl oldi
-Eeeee qanday chiqipti?
-Telba sifatida baxoing 5-sovuqina javob berdi.5 nima u? Qanaqa gap? Baxo? Tushunmadim?
Uni ortidan bordim.Qaysarlarcha ikki qõlimni ikki yonimga yonimga chõzdim
-5???? Bu nima degani???
U istexzoli kulip quydiyu menga yaqinlashdi.Bosh barbog'i bilan yuzimga urip qõydi
-Bu yaxshi degani kõrsavodim-kuzlarni qisip quydiyu xonasiga yõl oldi...
Meni kõrsavodim dedi!!! Bu nima degani? Kõrsavod.Men kõr emasman...Lekin oxrida "im"qõshimchasi bor.Bu uniki ekanimni anglatadi.Men unikiman...demaki bu erkalash begisi...Uraaaa!!!
Joyimda turip sakradim.Turmush qurganimizga 2 oy bu
layotgan bulsa shu 2 oy ichida eshitgan eng yaxshi gapim shu bõldi...Demakki men baxtliman....
*
Ertalap eshik taqillashidan uyg'onip ketdim.Sochlarimni yig'masdan ixcham pijamada eshikni ochdim.Eshik ortida esa u?
-Xayrli tong-dedi kulip kein boshdan oyoq yeb quygudek qaradi-men xaligi....
U kalovlanip qoldi.Kuzlarimni katta katta ochguncha unga savol nazari bilan qaradim.
-Biron narsa pishrip beraymi?-uni qiynamasdan õzim sõradim.
-Xa-dedi õylayotgan gapini topgandek.
-Xop xozr....
Eshikni yopip kiymlarimni almashtrdim.U yoqtrgandek uzun yengdor kuylak
va rõmolda chiqdim.Negadir sõngi paytlar shunaqa kiyishga odatlandim.Mendagi bu õzgarishni esa xamma tabiy xoldek qabul qildi.
Pastga tuship oshxonada tayor turgan Shoxjaxonni yoniga birdim.Muzlatgichni ochip nima borligini kurmoqchi buldim....Exxxx xudo...Bu nima?
Muzlatkich xayratlanarli xolatda tuxm qaymoqga tulgan.Bõsh joyni õzi yoq.Tuxumni 4 tasini olip qovurmoqchi buldim.
-Bozorda bir tanishim tort sotadi-sekin gap boshladi-Unga sen xaqingda aytdim.U sen bilan ishlashga kõndi.Xullas ertalapgacha 10 ta tort qilishing kerak.Aytip quyay ularni usti chiroyli tami esa mazali bulishi kerak meni sharmanda qilma xop...
10ta????U jinnimi? Men bitta tortni bir kunda zõrg'a qilaman u nima meni temr xotin deb õylayaptimi? Yoki Zolushkadagi farishta bilan tuzip quygan shartnomasi bor debmi?
-10 ta???
-Xa jonginam 10 ta-shirin gap bilan jonimni olgandek buldi.
-Siz Zolushkani õgay onasidan xam õtkazdiz.
-Kichkintoy bu biznis.Seni qora qosh qora kuzing bilan qorin tõydrip bõlmaydi.Buning ustiga bekorchisan.Men seni davolanishingni xoxlayman. Lekin bu xam pul.Shunga ozroq yordamlashsang zarar qilmaydi...
-Men eplolmayman-Tuxumni qizigan yog'ga tashladim.
-Men senga seni tuzlashinga yordam beradigan doktor gaplashganman.Lekin u kõp pul sõrayapti.Tushunyapsanmi? Juda kõp....Shuning uchun menga yordamlashishing kerak...Naxotki tuzalishni xoxlamasang-u shunday qaradiki õz õzimdan uyalip ketdim.
Men sog'man.Lekin uni kõziga telbadek kurinsam mayli tuzalganim bõlsin.U uchun xamma narsaga tayorman.Faqat u meni kechrsa bas...
Tuximni yoniga qõydimu qõllaridan ushlap yoniga tiz chõkdim.Qõllarini yuzimga olip bordim.
-Siz agar shuni xoxlasangiz men roziman...
-Men nimani xoxlasam shunga rozi bõlaverasanmi?-sinovchang qaradi.
-Xa...
-Xatto õlishgayam...
-Xattoki õlishgayam...
-Kõramiz...
U istexxzoli kulip quydiyu kein jiddiy tortdi
-Õzingayam tuxm qovur.Sen kuchli bulishing kerak.Bugun ishlaring kõp
-Xop...
U men uchun qayg'urdimi? Yana bir õzgarish ex xudo....Naqadar ajoib....Men uni sevaman...
Õsha kuni uxlolmay tort pishrdim.Balki bu ish boshqalarga ossondir lekin meningdek telba uchun qiyn buldi...Xar bitta tortni birma bir pishrip birma bir bezadim.Balki shunga vaqtim kõp ketgandir...
Tongi 5da tugatdim.Xolsizlanip oshxonaga stolga boshimni quygancha uxlap qoldim...
-Azizam....-tanish ovozdan kuzimni ochdim.Quyosh allaqachon kõtarilgan.
Boshimni kõtardim.Doimgidek kõrkam va chiroyli Shoxjaxon va uni yonida sochlari yoyilgan oyoqlari uzun uzun kuylagi orqasini zõrg'a yopib turgan judayam chiroyli qiz...
-Xayrli tong-dedim...
U qiz stol ustiga kelip tortlarni birma bir kuzdan kechrdi.Uycha, yurakcha, bog', yana turli antiqa shakl va bezakdagi tortni kõrip xayron qoldi
-Bularni antiqaligini ishtaxani ochadi-dedi xaligi oyoqlari uzun uzun qõg'irchoq...
-Uni qõl gul-Shoxjaxon maqtagan buldi.
-Buni sinap kuramiz...
-Bu kim???-Shaxzodamdan uni yonida malikalardek turgan qizni kimligini sõradim.
-Bu Shaxnozda.Aytgandimku senga doktor yollayman deb...Bu õsha doktor.U senga bugundan õzingni qanday tutishni õrgatadi.Davolaydi.Uni aytganlarini qil xop?
-Xop-dedim itoatkorona xech narsadan shubxalanmay.
Qayerdan xam tushunay õsha kun õz ajalimni, õz dushmanimni õz uyimga õzim kiritganimni...
⭕️(3- қисм тугади)⭕️
👰ABADUL ABAD👸
Давоми
бор
🔺🔺🔺🔺🔺🔺🔺🔺🔺🔺🔻
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 2
Муаллиф сизга катта рахмат