Chayir bilagingda oqar quvvating.
Qayta turolmasang bir kun yiqilib,
Achinma, boshqaga qolar niyating.
Boraver g'ovlarga achchiqma-achchiq,
Tilka-pora bólsin, órtansin yurak.
Birodar, dunyoda, gapirsam ochiq-
Faqat yaxshi niyat yashashi kerak.
Chidamak mumkinmas, mumkinmas sira,
Xamoqat hayqirsa, boqilsa óg'ri,
Faxsh yursa, menman, deb toza, bokira,
Tóg'riligi uchun qiynalsa tóg'ri.
Xali juda kópdir kalamushniyat-
Dunyoni kemirib, sotib yurganlar.
Umrida ótqazmay birorta daraxt,
Zanchalish kóksiga mushtin urganlar.
Kurashsang arziydi haqiqat uchun,
Kurashib yurganlar haqdir, odildir.
Qotillik qilganlar qotil-ku lekin
Kuzatib turganlar asl qotildir.
Yashayber, qalbingga ishonib, mag'rur,
Yashayber, bólsang ham oromdan yiroq.
G'olib chiqmoqliging juda ham zarur,
Boshqacha bólishi mumkinmas biroq.
1975.
Shavkat Rahmon.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев