Mening g`animlarim bulutdan ham ko`p,
Ortimdan soyadek yurishar to`p-to`p,
Salomat ekanim ham bir g`animat,
O`p meni, sevgilim, o`p, so`nggi bor o`p.
Ko`ngil yig`lar, qara ko`zlar tonmoqda,
Ko`kragimga ko`ksing qo`ygin - yonmoqda,
Chayqalib turipti ruhim tamoqda,
O`p meni, sevgilim, o`p, so`nggi bor o`p.
Ey mening jallodim, ey mehribonim,
Ko`kim tuproq mening, tuproq - osmonim,
Tilimning uchida turipti jonim,
O`p meni, sevgilim, o`p, so`nggi bor o`p.
Tun deganlari bu - tilsiz bir tilsim,
Tushi to`liq cho`g`mi, o`qmi, kim bilsin?
Tongda turarmanmi-yo`qmi, kim bilsin?..
O`p meni, sevgilim, o`p, so`nggi bor o`p.
Jon shunday uzilsa, bu - oson o`lmoq,
Sevsang, sitamingdan
Bisotiimni bog’da bir halol,
Kapalakka almashaman men.
Hayotimni ko’kdagi zilol
Kamalakka almashaman men.
Yog’dularga cho’milgan shahar
Betonlari biqinni chaqar.
Uyim qasr bo’lsa ham agar,
Guvalakka almashaman men.
Shoirlikni suymaydi jinim,
Menga havas qilmagin, inim.
Shuhratimni totli bir tilim
Handalakka almashaman men.
Muhammad Yusuf