Sokinlik ummoni jo‘shlandi,
toshdi.
Bir umr Aqlning zanjirlariga
Bog‘langan bu Ko‘ngil haddidan
oshdi.
Ki sendan boshqani ko‘rmadi
ko‘zim,
Oshiqdim vaslingga betizgin
selday.
Sarkashlik izmiga tushdi-yu
izmim,
Qarorim yo‘qotdim telbavash
yelday...
O‘ylardim; hech kimga egmam
boshimni,
Tuyg‘ular ustidan chiqarman
g‘olib!
...Ammo sochlaringning o‘jar
to‘lqini
Qalbim dengizini oldiga solib,
Uzooq-uzoqlarga haydadi –
ketdi,
Butkul unuttirdi kelgan
yo‘limni.
O‘lgani ketganday yitdim...
elitdi
Uyquga...qo‘llaring kuyi
qo‘limni...
Darbadar uloqqan boshim oxiri
Qoyaday ko‘ksingga urildi,
tindi...
Ishq bo‘hronlarida toblandik,
yorim,
Sochlaring oqardi, sochlarim
sindi...
Lablarim ustiga tashladi soya,
Ming yillik izhorga o‘ch
dudoqlaring.
Meni bir umrga qildi asira,
Jingalak sochingning
ishtiyoqlari!...
Shamsiya.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев