Samarqandning qadimgi
xarobasi. Bu nom tarixiy
manbalarda qadimgi
Samarqandga nisbatan
faqat 17-asrdan boshlab
uchraydi. Qadimgi
Samarqand sugʻd
manbalarida Smarakanve
deb atalgan. Mil. av. 4-
asrda Samarqand
Aleksandr Maqsuniy
qoʻshinlari tomonidan
istilo etilgach, yunon
mualliflari kundaliklarida
Maroqanda sifatida
eslatiladi. Maroqanda
Smarakanve ning
yunoncha tarjimasi.
Movarounnahrda
somoniylar hokimiyat
tepasiga kelgach,
qadimgi Smarakanve 9-
asrdan boshlab
Samarqand deb atala
boshlandi.
Tarixi
11 — 15-asrlarda turkiy
tilda bitilgan
adabiyotlarda
Samarqand Semizkent
sifatida uchraydi. 15 —
asrdan forsiy va turkiy
tillardagi manbalarda bir
xilda Samarqand nomi
ishlatiladigan boʻldi.
Afrosiyob hozirgi
Samarqandning shim.
chegarasiga tutashgan
keng boʻsh tepaliklar
boʻlib, uning maydoni
219 ga. Tepalikning
shim. Siyob arigʻi bilan
chegaralangan. Jan.
tomondan „eski shahar“
deb atalgan
Samarqandga qoʻshilib
ketgan.
Shaharning dastlabki
tarixi haqida yozma
manbalarda maʼlumotlar
juda kam uchraydi.
Koʻhna shaharda
oʻtkazilgan arxeologik
qazishlar esa bunday
maʼlumotlarni koʻproq
bermoqda.
Arxeologik qazishmalar
bir necha metr
qalinlikdagi madaniy
qatlamlar qanday
boʻlganligini koʻrishga,
boylar va
kambagʻallarning
uylarini,
hunarmandlarning
ustaxonalarini,
savdogarlarning
doʻkonlarini, kucha va
maydonlarni, shohona
saroylar va ibodatxona,
masjid va madrasalarni,
mudofaa inshootlarini,
shaharning suv bilan
taʼminlash tizimi va h.k.ni aniqlashga yordam
beradi.
Afrosiyob va uning
topilmalariga qiziqish
1868 yilda Chor Rossiyasi
tomonidan Samarqand
bosib olingandan keyin
boshlandi. Afrosiyobda
dastlabki qazish ishlari
bilan mayor Borzenkov
(1874), podpolkovnik V.
V. Krestovskiy (1883),
sharqshunos olimlar N. I.
Veselovskiy (1884-85,
1895), V. V. Bartold
(1904) va V. L. Vyatkin
(1905; 1912— 13)lar
shugʻullanishdi. 1919
yilda M. YE. Masson, V. L.
Vyatkin tadqiqot
boshlagan joylarda
qazish ishlarini davom
ettirib, somoniylar saroyi
(9-asr) xarobalarini
ochdi. 1925, 1929—30
ylarda V. L. Vyatkin
Afrosiyobda qazish
ishlarini davom ettiradi
va uning turli davrdagi
tarixiga oid koʻplab
materiallar toʻplaydi.
Ammo 1930 yillarga
qadar Afrosiyobda olib
borilgan arxeologik
qazishmalar qadimgi
Samarqand tarixiga doir
juda kam materiallar
bergan. Urushdan keyin
Oʻzbekiston FAning Tarix
va arxeologiya instituti
olimlaridan Afrosiyob I.
Terenojkin tomonidan
Afrosiyobda jiddiy dala
tadqiqotlari oʻtkazildi.
Natijada uning eng
pastki qatlamidan
miloddan avvalgi 6—5-
asrlarga taalluqli
buyumlar, uy-joy
xarobalari topildi. V.
Afrosiyob Shishkin
(1958-66) va Ya. F.
Gʻulomov (1967—70)lar
rahbarligida olib borilgan
keng koʻlamli arxeologik
qazishlar natijasida
qadimgi madaniy qatlam
materiallari
Afrosiyobning boshqa
joylaridan ham topildi.
1966 yil 13 iyulda
Afrosiyobni arxeologik
jihatdan kompleks
oʻrganishni tashkil etish
maqsadida Respublika
hukumatining maxsus
qarori qabul qilindi. Unga
koʻra, Afrosiyob
„arxeologik qoʻriqxona“
deb eʼlon qilinib, uni
oʻrganish ishiga
Toshkent va Samarqand
davlat universitetlari
hamda Madaniyat
vazirligining
Sanʼatshunoslik instituti
ham safarbar etildi. Aniq
ilmiy rejalar asosida
boshlangan arxeologik
tadqiqotlar tufayli
nafaqat shaharning koʻp
asrlik yoshi, balki uning
har xil davrlardagi tarixiy
topografiyasi, shahar
tarkibi, shahar
hayotining rivojlanish
bosqichlari, bosqinlar
tufayli yuz bergan
buhronlar davri
aniqlandi. Samarqand
yushshdlarining shohona
saroyi ochildi.
Afrosiyobda topilgan
arxeologik materiallar
Samarqand miloddan
avvalgi 8—5-alarda
Sugʻdiyonaning
markaziy shahri sifatida
vujudga kelganligini
koʻrsatadi. Mil. av. 329
yilda shahar Aleksandr
Maqduniy qoʻshinlari
tomonidan vayron
etilgan, uning izlari
hozirgacha shahar
mudofaa inshootlarida
yaxshi saqlangan. Mil. av.
3 — 1-asrlarda,
Kushonlar saltanati
davrida shahar hayotida
yuksalishlar yuz bergan.
Mil. av. 3-asrda shahar
qoʻshaloq mudofaa
devori bilan oʻrab
olingan. U davrlarning
qalin ma-daniy qatlami
Afrosiyobning shim.da ,
uning arki aʼlosi
joylashgan qismida
yaxshi saqlangan.
Arxeologik materiallar va
yozma manbalarda
taʼkidlanishicha, bu
zamonda Samarqand
orqali Buyuk ipak Yoʻli
oʻtgan, ichki va tashqi
savdo, hunarmandchilik
rivoj topgan. Ilk oʻrta
asrlarda Samarqand
Sugʻdiyonaning bosh
shaxri sifatida nufuzli
mavqega ega boʻlib,
shahar ijtimoiy va
iqtisodiy hayotida tub
oʻzgarishlar yuz berdi.
Badavlat dehqon
xoʻjaliklari kuchaydi,
xuddi shu kezlarda
ularning qasrlari
joylashgan Afrosiyobning
shim. qismi mudofaa
devori bilan oʻrab olindi.
Bu holat Movarounnaxr
va unga qoʻshni
viloyatlarda ham yuz
berdi. Bu davrda
Samarqand hukmdorlari
„Ixshid“, Buxoro
hukmdorlari esa
„Buxorxudot“ deb
atalgan. 712 yilda
arablar fotixi Qutayba
ibn Muslim qoʻshin tortib
kelganda,
Samarqandning mudofaa
devorlari mustahkam
boʻlib, atrofida suv toʻla
xandaq bor edi. Qutayba
Samarqanda Fargʻona,
Shosh va turklardan
yordamga kelgan
lashkarlarni enggach,
koʻmaksiz qolgan Sugʻd
hokimi Gʻurak noiloj u
bilan sulh tuzdi,
shaharning ichki qismi
(shahriston)ni arablarga
boʻshatib berishga
majbur boʻldi.
Arxeologik topilmalar
islomga zid boʻlgan
haykal va devoriy
rasmlarning ataylab
qilich bilan chopilganini
isbotlaydi.
9-asrning ikkinchi
choragidan
Movarounnahrda
hokimiyat somoniylar
qoʻliga oʻtdi. Buxoro
ularning markaziga
aylandi. Shu davrda
Samarqand iqtisodiy va
madaniy jihatdan tez
rivojlandi. Afrosiyobda
somoniylar davrida
oʻymakor ganch
naqshlar bilan bezatilgan
saroylar, badavlat
dehqon xonadonlari,
masjid va madrasalar,
hammom va
kanalizasiyalar, tosh
koʻchalar topilmoqda.
Shaharni suv bilan
taʼminlash ogʻirligidan
aholining ehtiyojini
qondirish uchun shahar
hayotining dastlabki
yillaridayoq Dargʻom
tomonidan kanal qazib,
suv keltirilgan. Ana shu
kanal izlari hozirgi
shahar xiyobonining jan.da , Alisher Navoiy
haykali qad koʻtarib
turgan maskanda ochib
oʻrganildi. Bu kanal
Registon maydoni orqali
Hazrati Xizr masjidi
tomon yoʻl olgan. Tarixiy
manbalarga koʻra
Afrosiyobga jan.dan
kiraverishda shahar
xandaqi ustiga pishiq
gʻishtlardan ravoqli
suvay-irgʻich qurilib,
uning tepasidan katta
ariq oʻtkazilgan. Bu
ariqni „Juyi
arziz“ ( „Qo`rg`oshin
ariq“) deb ataganlar. Ariq
shu erda uchga
boʻlingan va shahar
oralab Siyob arigʻi
boʻyiga borgan.
10-asrning oxirida
Movarounnahrda
hokimiyat qoraxoniylar
qoʻliga oʻtganida xam
Samarqanda savdo,
hunarmandchilik, shahar
obodonchilik ishlari
davom etadi. Shaxarning
hunarmandchilik qiyofasi
kuchayib, zodagon
dehqon qasrlari endi
shahar tashqarisida,
ularning dala hovlilarida
markazlashadi. 1220
yilda Chingizxon
qoʻshinlari „Juyi arziz“
toʻgʻonini buzib,
shaharni suvsiz qoldirdi.
Shahar mudofaachilari
tengsiz jangda taslim
boʻldilar. Bosqinchilar
shaharning devor va
darvozalarini vayron
qilib saroy, masjid va
madrasalarga, aholi
xonadonlariga oʻt
qoʻydilar. Aholining
katta qismi jangda qirildi,
hunarmandlar
Moʻgʻulistonga haydab
ketildi. Shaharni soʻnggi
mudofaachilari Jome
masjidiga yashirinib,
qarshilikni davom
ettirdilar. Ularning
olovda yongan tanalari
jang kiyimida bizgacha
etib kelib, arxeologik
qazish vaqtida topildi.
„Qoʻrgʻoshin ariq“ qayta
tiklanmadi. Afrosiyobda
suvsiz qolgan aholi
Siyobdan charxpalakda
suv chiqarib, kun kurgan,
soʻng aholi bora-bora
Ani butunlay tashlab
ketgan. Kimsasiz
xarobaga aylangan
qadimgi Samarqand
avvallari „Hisori koʻhna“,
„Qal`ai Hisor“ atalib, 17-
asrdan boshlab aholi
orasida „Qal`ai
Afrosiyob“ yoki
„Afrosiyob“ deb atala
boshlangan.
Afrosiyobda qazishma
ishlari ayniqsa
Samarqandda
Oʻzbekiston Fanlar
Akademiyasi Arxeologiya
instituti tashkil topgach,
keng koʻlamda kuchaydi.
Ya. Gʻ. Gʻulomovdan
soʻng Afrosiyobdagi
arxeologik
qazishmalarga G. V.
Shishkina, Sh.
Toshxoʻjaevlar rahbarlik
qildi. Keyingi yillarda
(1989 yildan) Afrosiyobni
arxeologik jihatdan
tadqiq etish ishiga
fransuz arxeologlari —
Pol Bernar, Frans Grene
va b. jalb etilgan. Fransuz
arxeologik missiyasi
Oʻzbekiston arxeologlari
bilan (M. Isomiddinov va
b.) hamkorlikda
Afrosiyobni oʻrganishda
qatnashmoqsa. Oʻzbek
va fransuz olimlarining
hamkorlikda olib borgan
tadqiqot natijalari
qadimgi Samarqand
tarixiga oid qator
masalalarga aniqlik
kiritdi, yaʼni miloddan
avvalgi 6—5-asrlarga
taalluqli shahar mudofaa
devorlari ostidan gu-
valaqdan qurilgan
yanada qadimgi devor
qoldiqlari ochilib,
Samarqandning yoshi
miloddan avvalgi 8-asr
oʻrtalariga oid ekanligi
isbotlaydi; shaharning
arki aʼlo qismidan
milodiy 8-asrga oid
murabba (70x70)
shaklidagi Samarqand
ixshidlarining mahobatli
saroyi qoldikdari ochildi.
Afrosiyobda arxeologik
tadqiqot ishlari davom
etmoqda.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1