Dastlab Ulug’bek madrasasi bunyod etilib(1417-1420), keyinchalik qarshisiga -maydon sharqiga Ulug’bek xonaqohi (1424) , shimoliga Mirzoyi karvonsaroyi, janubiga Alika Ko’kaldosh Juma masjidi(1430) qurdirgan , yonida esa yog’ochdan xotamkori uslubida masjidi Muqatta va Abusaid madrasasi qurilgan . XV asrning 20-40 yillarida Registon hashamatli me’moriy ansamblga aylangan.XVII asrda Samarqand hokimi Yalangto’sh Bahodir vayrona holatdagi Ulug’bek xonaqohi o’rniga Sherdor madrasa (1619-1635)ni , Mirzoyi karvonsaroyi o’rniga Tillakori madrasa- masjidi(1646-1659)ni qurdirgan . Registon o’zining rang –barang koshinkori bezaklari, naqshinkori peshtoqlari, ulkan gumbazlari bilan O’rta Osiyo me’morligining noyob yodgorligi hisoblanadi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев