1370 yili Amir Temur nikohiga o’tgan. U xon avlodiga mansubligi uchun “Bibixonim” (Kattaxonim) unvoniga sazovor bo’lgan. Saroymulkxonim siyosatdon va insonparvar ayol edi.
Ko’pgina tarixiy kitoblarda, jumladan, Nizomiddin Shomiy , Sharafiddin Ali Yazdiy, Hofizi Abru, Abdurazzoq Samarqandiy, Fasih Havofiy, Ibn Arabshoh, Klavixo kabilar asarlarida Saroymulkxonim fazilatlari, shaxsiy sifatlari ko’p ulug’lanadi. Chunonchi, Ispaniya elchisi Ryui Gonzales de Klavixo o’zining «Samarqandagi Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi» asarida oqila malika Bibixonimning Amir Temur saltanatidagi o’rni, qurultoylar va oliy majlislarda, amirlar bilan qatnashish huquqiga egaligini yozib qoldiradi. 1404 yil 17 oktyabrda Saroymulkxonim elchilarga katta ziyofat berganini bayon qiladi. Bu faktlar esa Amir Temur saltanatida, davlat ishlarida Saroymulkxonim faol qatnashganini yana bir bor tasdiqlaydi. U Amir Temur ruxsati bilan Samarqandda ulkan madrasa qurdiradi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев