Qur’oni karim suralarining
– beshtasi Allohga hamd bilan boshlangan: Fotiha, An’om, Kahf, Saba’ va Fotir suralari;
– oltitasi so‘roq olmoshlari bilan boshlangan: Inson, Naba’, G‘oshiya, Sharh, Fil, Mo’un suralari;
– Yigirma to‘qqiztasi muqattaot (tarkibdan ajratilgan) harflar bilan boshlangan: Baqara, Oli Imron, A’rof, Yunus, Hud, Yusuf, Ra’d, Ibrohim, Hijr, Maryam, Toho, Shuaro, Naml, Qasas, Ankabut, Rum, Luqmon, Sajda, Yosin, Sod, G‘ofir, Fussilat, Sho‘ro, Zuxruf, Duxon, Josiya, Ahqof, Qof, Qalam suralari;
– yettitasi tasbeh bilan boshlangan: Isro, Hadid, Hashr, Saf, Juma, Tag‘obun, A’lo suralari;
– oltitasi payg‘ambarlar (ularga Allohning salomi bo‘lsin) ismi bilan nomlangan: Yunus, Hud, Yusuf, Ibrohim, Muhammad, Nuh suralari;
– o‘ntasi nido bilan boshlanadi: Niso, Moida, Haj, Ahzob, Hujurot, Mumtahana, Taloq, Tahrim, Muzzammil, Muddassir suralari;
– o‘n beshtasi qasam bilan boshlanadi: Soffot, Zoriyot, Tur, Najm, Mursalot, Noziot, Buruj, Toriq, Fajr, Shams, Layl, Zuho, Tin, Odiyot, Asr suralari;
– oltitasi buyruq bilan boshlanadi: Jin, Alaq, Kofirun, Ixlos, Falaq, Nos suralari;
– Baqara surasining bittagina 282-oyatida "kof" harfi 23 marta kelgan.
– Qur’oni karim oyatlarida Zabur 3 marta, Injil 12 marta, Tavrot 18 marta, Qur’oni karim 68 marta zikr etilgan.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев