Qushlar qo'shiq kuylaydi, kapalaklar raqs tushar.
Egallaydi zaminni chiroy berib gul, chechak,
Ko'kda oq bulut suzar, ko'ngillardan zavq toshar.
Soyga chopar bolalar, yana baliq oviga,
Yurak intiqaverar adirning oloviga.
Mayin sabolar bir-la huzur kirar joningga,
Men shosharman azizam, takror sening yoningga.
Yana saylga chiqamiz, lolalarni quchgani,
Muhabbatga bayt bitib, hasratlardan kechgani.
Erkam chehrang kulgisi eslatadi nahorni,
Shodon qarshi olamiz navbatdagi bahorni.
Bahor, sening ko'zingda mujassamdir nigorim,
Bahor sen qo'llarimni tutgan damdir nigorim.
Bilsang men uchun sening kulgilaring bahordir,
Ikki dunyo tugamas suygularing bahordir.
Tuhfa et, hayotimda yakun topmasin bahor...
Ahror Ravshan
26.02.2018
Toshkent
@Izhori_DIL
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1
Qoyil gap yo'q wer un raxmat