Предыдущая публикация
Goh g'olibmiz, goh orzu zavol,
Topay desang dunyoda iqbol,
Do'stim, asra ota-onangni.
Tugamaydi dunyoning ishi,
Saratoni, xazoni, qishi.
Sen sababli tinsin tashvishi,
Do'stim, asra ota-onangni.
Bir sen uchun baxshida oni,
Bir sen uchun kuyadi joni.
Duolari umring qalqoni,
Do'stim, asra ota-onangni.
Kulib yursin quyosh singari,
Yuragidan g'ashni quv nari.
To'lmasidan hayot daftari,
Do'stim, asra ota-onangni.
To ular bor dilda yo'q tugun,
To ular bor yuzlaring gulgun.
Ertagamas, indinmas, bugun,
Do'stim, asra ota-onangni.
Sharaf-shonim, shavkatimsiz deb,
Yaratgandan rag'batimsiz deb.
Mehribonim, Jannatimsiz deb,
Do'stim, asra ota-onangni.
Ahror Ravshan
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев