Dillarni shodlikka belaymiz, do'stim.
Chechaklar teramiz gulzor qo‘ynidan,
Orzular boshini silaymiz , do‘stim.
Kel, qo‘shiq aytamiz bolalar kabi,
Kuylaymiz yoshlikni, uchirib varrak.
Savdolarni emas, tashvishni emas
Kapalak ortidan bo‘lamiz halak,
Kel do‘stim, tinch qo‘yib odamlarni biz,
Bosh olib ketamiz mehriston tomon.
Bir zum eslamayin g'amli kunlarni,
Yuzda kulgu bilan yashaymiz har on.
Eh do‘stim, kuyunma, hayot shunaqa,
Bir kun kuldirar-u, yig‘latar o‘n kun.
Kel do‘stim, dunyoni unutib, birga
Onamiz bag‘rida uxlaymiz bugun.
Dunyoning ishlari xo'p qiziq, do'stim,
Yiqilsak yana yo'l boshlayveramiz.
Manglayga chizilar ko'p chiziq, do'stim,
Shunda ham nolimay yashayveramiz.
Ahror Ravshan https://t.me/Izhori_DIL
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев