Bir kuni Napoleon Bonapart qoravullarni nazorat qilayotib, postda uxlayotgan askarni koʻradi. Urush davri ustavi va qonunlarga koʻra, soqchi sud oldida javob berishi va postda turganda boshqa oʻrtoqlari hayotiga xavf solib uxlab qolgani uchun otib tashlanishi kerak edi. Ammo Napoleon kutilmagan qaror qabul qildi: uxlab yotgan askarning miltigʻini yelkasiga oldi va uning oʻrniga postda turib oldi. Bu yerga kelgan serjant shuni koʻrdiki, qoravul uxlayapti, imperator esa uning postida turgandi.
Aytishlaricha, bu voqeadan keyin barcha askarlar u bilan jangga kirishga va u uchun oʻlimga ham tik borishga tayyor boʻlishgan ekan.