------ ---------- -----------
Kuyov bolam, o'z bolam
Mani qora ko'z bolam
Dilimda bir so'z bolam
Qizim yomon siz yaxshi.
😀😀
Erka bolam, arslonim
Oyim turgan osmonim.
Qo'lingizdadur jonim
Qizim yomon siz yaxshi.
😁😁
Yigit bormi sizday mard?
Yuragi toza begard.
Ikki dunyo ko'rmang dard
Qizim yomon siz yaxshi
😃😃
Biz temir siz tillosiz.
Biz omi siz mullosiz.
Biz nodon siz donosiz.
Qizim yomon siz yaxshi.
😄😄
Qizimning o'zi axmоq!!!
Yurardi sizni maqtab.
Bir keptida arazlab
Qizim yomon siz yaxshi.
🤔🤔
Tiriklik deb yursangiz.
Uy-joyim deb tursangiz.
Nima qipti ursangiz?
Qizim yomon siz yaxshi.
😆😆
Ro'zg'or xurjun bo'ladi
Goh kamib goh to'ladi.
Xotin degan ko'nadi
Qizim yomon siz yaxshi.
🤔🤔
Bolam, sizda ixtiyor
Bo'lmaylik ozor, bezor.
O'rtada bolalar bor
Qizim yomon siz yaxshi.
😐😐
Ko'p yashang yuzga yeting
Qiz tushgurni afv eting
Aldab-suldab olib keting
Qizim yomon siz yaxshi
🙄🙄
Ko'chada yotsangiz ham,
Mast bo'lib qotsangiz ham,
Choynakni otsangiz ham,
Qizim yomon siz yaxshi.
😄😄
Bo'lsangiz ham mayliga
Yursangiz ham o'ngu-chap
Man hamisha siz taraf
Qizim yomon siz yaxshi.
☺🙂
Sog'ligida sizniki
O'g'liniki qizniki
Kasal bo'lsa bizniki
Qizim yomon siz yaxshi.
😂😂
Taqsirimsiz, xo'jamsiz
Qimmatbaho o'ljamsiz
O'zim ochgan jo'jamsiz
Qizim yomon siz yaxshi.
😏😏
Marhaboxon uqqanim
Go'ngga g'uncha suqqanim
Gunohim qiz tuqqanim
Qizim yomon siz yaxshi..!
Marhabo Karimova opaga o'z minadorchiligimizni bildirib o'tamiz. Va yana ijodiy yurishlariga ukan muofaqiyatlar tilayman.
Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев