
bo‘ladi. Islomning
chegaralari quyidagilar:
taqvo, kamtarlik, sabr, shukr.
Taqvo - ishlarning asosi,
kamtarlik -kibrdan uzoq
bo‘lish, sabr - do‘zaxdan
najot topish, shukr - jannat
bilan mukofotlanishdir.
Abu Muso al-Ash’ariy
Alloh taolodan astoydil iltijo
bilan o‘tinib so‘ragan
kimsaning nidosi sira
noumid qolmaydi.
Abulqosim az-Zamaxshariy
Iymon - Allohdan tashqari
bo‘lgan, qalblarni o‘ziga rom
etuvchi barcha manfaat va
zararli narsalardan
tiyilishdir.
Bahouddin Naqshband
Modomiki Allohdan
boshqadan umid qilmas
ekansan, Allohdan
boshqadan ham qo‘rqma!
Ali ibn Abu Tolib
Dunyoda tungi namoz
(tahajjud), do‘stlar bilan
suhbat va jamoat bilan
o‘qiladigan namozdan
boshqa zavq qolmadi.
Abu Sulaymon Doroniy
Zuhd uch xil bo‘ladi: zuhdi
farz, zuhdi fazl, zuhdi
salomat. Zuhdi farz -
haromda zuhd qilish, zuhdi
fazl - halolda zuhd qilish,
zuhdi salomat -shubhalarda
zuhd qilishdir.
Ibrohim Adham
Suv yo‘llari irmoqlari bilan
bo‘lgani kabi shariatning
to‘g‘ri qonun-qoidalari
Payg‘ambar alayhissalom
ta’limotlari bilandir.
Abulqosim az-Zamaxshariy
Qo‘ling - mehnatda, diling -
Allohda bo‘lsin.
Bahouddin Naqshband
Umrimga qarab yetmish uch
yillik ibodatlarimning
hammasini bir saotlik qisqa
ko‘rdim, gunohlarimga
boqib Nuh alayhissalomning
umriday uzun ko‘rdim.
Abul Hasan Xaraqoniy
Alloh bilan birga bo‘lmoq -
farz, dunyodan ayrilmoq -
sunnatdir.
Abu Yazid Bastomiy
O’zing muqarrar toat-ibodat
qilmaganingdan keyin
boshqadan buni talab etib
nima qilasan?
Mu’iniddin Juvayniy
Tasavvuf deb, toat-ibodat va
yaxshi ishlarga mahkam dil
bog‘lamoqni aytadilar.
Muhammad Ravim
Tavba qilmoq kerak odatda
bir bor,
Zahar yutib bo‘lmas ikki qur
zinhor.
Abu Shukur Balx
Biror kishining bizning
so‘zimiz bilan fatvo bermog‘i
durust bo‘lmaydi, modomiki,
biz qaerdan gapirganimizni
bilmasa.
Imomi A’zam
Alloh taolo hokimlarga uchta
narsani bildirdi: havoyi
nafsga ergashmaslikni, Alloh
taolodan qo‘rqishni va
insonlardan qo‘rqmaslikni,
Alloh oyatlarini ozgina pulga
sotmaslikni.
Hasan Basriy
Gunohlarga tavba qilmoqni
kechiktirgan - Alloh
qarshisida mag‘rur bo‘lmoq,
kibr etmoqdir.
Ja’fari Sodiq
Ulug‘lar bilan o‘tir, ulamolar
bilan birga yur, hukamolar
bilan do‘st bo‘l.
Abu Juhayfa
Odamlarga odamlarning
yoqimlirog‘i odamlardan
behojat bo‘lgani va ulardan
hech narsa
so‘ramaydiganidir.
Odamlarga odamlarning
yoqmaydigani ularga
muhtoj bo‘lganidir. Alloh
uchun odamlarning
suyumlirog‘i Allohga muhtoj
bo‘lgani va Undan so‘ragani,
Allohga odamlarning
yomonrog‘i Undan behojat
bo‘lgani va hech narsa
so‘ramaganidir.
Fuzayl ibn Iyoz
So‘z amal bilan durust
bo‘ladi. Amal va so‘z niyat
bilan durust bo‘ladi. So‘z,
amal va niyat sunnat bilan
durust bo‘ladi.
Hasan Basriy
Jamoatdan ajralishdan
saqlan, chunki o‘zing
sezmagan holda diningdan
ajrab qolasan. So‘ngra
Qiyomat kuni do‘zaxga
kirasan.
Uvays Qoroniy
Banda uchun g‘am va
xavfdan yaxshiroq do‘st
yo‘qdir. G’am o‘tgan
gunohlar uchun, xavf
qachon tushishi noma’lum
bo‘lgan gunohlar uchundir.
Shaqiq ibn Ibrohim
Urug‘likni ham, po‘choqni
ham, niyatu orzularni ham,
muhabbatu firoqni ham
yaratuvchi Alloh taolodir.
Abulqosim az-Zamaxshariy
Allohdan qo‘rqib yig‘lashim
va ko‘z yoshlarimning
yuzimga oqishi tanam
og‘irligicha tilloni sadaqa
qilishimdan yaxshiroqdir.
Qaysi banda Alloh taolodan
qo‘rqib yig‘lasa-yu, ko‘z
yoshidan bir tomchi yerga
tushsa, toki tomchi
osmonga chiqib
ketmagunicha unga do‘zax
o‘ti tegmaydi. Holbuki,
osmondan tushgan tomchi
qaytmagani singari u ham
hech qachon samoga
qaytmaydi. Dunyoda
Allohdan qo‘rqib yig‘lagan
kishiga hech qachon do‘zax
o‘ti yetmaydi.
Ka’bul Axbor
Inson faqat Allohning fazli
bilangina ko‘z yosh
chiqaradi. Farishta kishi
qalbini silamagunicha uning
ko‘zidan yosh chiqmaydi.
Abdulloh ibn Abbos
Iymonning uchdan biri
hayo, uchdan biri aql,
uchdan biri jo‘mardlikdir.
Umar ibn Xattob
“La ilaha illalloh” -
jannatning bahosidir.
Hasan Basriy
Xoru zorlikni maxluqlar
xizmatida, azizu
mukarramlikni Xoliq
xizmatida bo‘lishda ko‘rdim.
Najmiddin Kubro
Bugun munofiqlar
Payg‘ambar zamonidagidan
ko‘proqdir. Burungilar
nifoqlarini ichda
saqlashardi. Bugungilar
ochiqdan-ochiq nifoq
qilishadi. Yashirin nifoq
iymonning samimiyligi va
kamoliga to‘sqinlik qiladi.
Munofiqlikdan qo‘rqqan
odam undan uzoq bo‘ladi.
O’zining nifoqdan
uzoqdaligini aytib yuruvchi
kimsa esa munofiqlikka
yaqin turadi.
Huzayfa


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Комментарии 1