
🔴Musulmonlarning mag‘lubiyati bu Iroqni AQSH nazorat qilishi, Quddusni katta qismi Yahudlarga o‘tib ketgani emas.
❗️Mag‘lubiyat bu ismi Muhammad bo‘lgan musulmon yigitning giyohvand, aroqxo‘r bo‘lib ketishi, ismi Ahmad bo‘lgan mo‘minning sudxo‘r bo‘lib ketishi, muslima singillarning musulmon yurtda fohishalik qilishi, qur’on eshitsa yuragi siqilib, qo‘shiq eshitsa rohat qilishi.
❗️Mag‘lubiyat bu musulmon yurtda musulmonlarning to‘liq ibodat qila olmasligi.
❗️Mag‘lubiyat bu afifa muslimalarni iffati ramzi bo‘lgan ro‘mol o‘ray olmasligi.
❗️Mag‘lubiyat bu o‘z Payg‘ambarini tanimaydigan musulmonlar.
❗️Mag‘lubiyat bu "musulmonmisan", degan savolga: "Da, kaneshna", deb javob berganlar.
❗️Mag‘lubiyat bu o‘zini, nafsini yenga olmasdan dushmanlar qarshisida qaltirab turish.
❗️Mag‘lubiyat bu yahudlarni kuchli ko‘rsatib, musulmonlarni qoloq deydigan musulmonlarni borligi.
❗️Mag‘lubiyat bu jumaga chiqa olmayotgan bolalar, soqol o‘stira olmaydigan musulmonlar, hijob o‘ray olmaydigan muslimalar.
❗️Mag‘lubiyat bu din buyruqlarini himoya qila olmaydigan, o‘zini diniy xizmatdamiz deydiganlar.
❗️Mag‘lubiyat bu darvozasiga taqa osadigan, bolasiga ko‘zmunchoq taqadigan, boshiga kulfat tushsa folbinga yuguradigan musulmonlar.
❗️Mag‘lubiyat bu Allohning hukmlarini "zamonga to‘g‘ri kelmaydi", deydigan musulmonlar.
❗️Mag‘lubiyat bu diskotekalar bemalol faoliyat olib borib, qur’on o‘rgatiladigan yerlarni zulmatxonalar deb yopilishi.
❗️Mag‘lubiyat bu musulmon millati o‘z qorilarini artistlarga almashtirishi.


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев