Предыдущая публикация
Yurak hapqirib ketar,
Sogʻinchdan dil entikar,
Umidim bor yetkazar,
Ramazonga oz qoldi!
Qalbga surur baxsh etar,
Jannat eshigin ochar,
Doʻzax eshigin yopar,
Ramazonga oz qoldi!
Bu oy fayzi oʻzgacha
Rahmat yogʻar har kecha,
Nur taralar tonggacha,
Ramazonga oz qoldi!
Yerga sigʻmas malaklar,
Rad etilmas tilaklar,
Masjidda jam ummatlar,
Ramazonga oz qoldi!
Tarovehlar oʻqilar,
Tilovatlar qilinar,
Gunohlar ham toʻkilar,
Ramazonga oz qoldi!
Qadr kecha bor unda
Izlang soʻnggi oʻn kunda!
Toq kunlarning birida,
Ramazonga oz qoldi!
Hisobi yoʻq ajirlar
Hatto bilmas Malaklar,
Qabul boʻlgay tilaklar,
Ramazonga oz qoldi!


Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев