Bor imkoning borida ko'rgin o'ylab,
Yashnagan bir nixol bo'lsangda gullab,
Erta keksa chinordayin zil qulab,
Bu dunyodan ketishingni unitma.
Qamchi urib vaqt yeldirar otini,
Elar elga aytiverar dodini,
Unitmasdan asli umur totini,
Bu dunyodan ketishingni unitma.
Kuz kelganda barglar bog'da sarg'ayib
Xazon qilar yomg'ir barglarni yulib,
Senxam shu daraxtni shoxida turib,
Bu dunyodan ketishingni unitma.
Yomon ishga yonlaganda ko'nglingni,
Xarom qilib qonga belab qo'lingni,
Unitma xech birkun tugar yo'lingni,
Bu dunyodan ketishingni unitma.
Oshnam deya suyan salar goxsenga,
Tuzoq qo'ysang yaqin olgan chin do'stga,
Xiyonatni eb ko'rganingda o'zga,
Bu dunyodan ketishingni unitma.