Вir kuni kelasan yonimga qaytib,
Tiz cho'kib yig'laysan uzuring aytib.
Meni bir vaqtlar sevganing aytib,
Seni kechirmayman sevganim uchun.
Seni yor demayman bugundan boshlab,
Kimgadir ishonib ketding-ku tashlab.
Bir kuni pushaymon kelganda boshlab,
Seni kechirmayman sevganim uchun.
Meni unutolmay yig'layverasan,
O'sha tosh yuraging tig'layverasan.
O'zingni kechirolmay o'ylayverasan,
Seni kechirmayman sevganim uchun...