Unutgansiz meni - bilaman, Faqat, «yo'q« deb qilmang e'tiroz. Yolg'on so'zlab nima qilaman, Men ham sizni unutdim biroz. O'z zabtiga olyapti turmush, Goh g'am kelar, gohida sevinch. Xotiralar go'yo eski tush, Yo'qotmoqda o'z kuchini. Tinch - O'tayapti yuvosh kunlarim, Kengaymoqda mayin qorachug'. To'zg'ib ketdi o'lik kullarim, So'nmayapti faqat bitta cho'g'.
Men bugun armonlar eshigin yopdim, Sog'inch yo'llarini ko'mib tashladim. U yerdan yurmasin hech qachon hech kim. Yurakdan ismingni o'yib tashladim, Visol onlarini o'chirdim vaqtdan. Sevgi sharobini to'kib tashladim, Yurakka sabrni so'radim haqdan. Sensiz yashamoqqa ko'na boshladim, Ko'zdagi yoshlarni artdim shunchalar, Qontalash chiziqlar qoldi ko'zimda, Endi kunlarimda botmas kechalar, Hatto soyang qolmas biron izimda, Tinch qo'ydim, alamni haydab yubordim, U sening alaming yolg'iz seniki, Hijronning ko'zlarin o'yib yubordim, Kutib ol hijron ham seniki, Men qaddim tikladim qadrim sinmagan, Yurakka nafratni yozib o'rgatdim, Hech qanday tuyg'uga boshin egmagan, ALVIDO so'ziga haykal o'rnatdim