Предыдущая публикация
U yerdan yurmasin hech qachon hech kim. Yurakdan ismingni o'yib tashladim, Visol onlarini o'chirdim vaqtdan. Sevgi sharobini to'kib tashladim, Yurakka sabrni so'radim haqdan. Sensiz yashamoqqa ko'na boshladim, Ko'zdagi yoshlarni artdim shunchalar, Qontalash chiziqlar qoldi ko'zimda, Endi kunlarimda botmas kechalar, Hatto soyang qolmas biron izimda, Tinch qo'ydim, alamni haydab yubordim, U sening alaming yolg'iz seniki, Hijronning ko'zlarin o'yib yubordim, Kutib ol hijron ham seniki, Men qaddim tikladim qadrim sinmagan, Yurakka nafratni yozib o'rgatdim, Hech qanday tuyg'uga boshin egmagan, ALVIDO so'ziga haykal o'rnatdim!!!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 6