YAKUN TOPARMIKAN BIR KUN AZOBLAR ??
Tunlari uxlatmas meni xayollar,
Javobin topmadi million savollar,
Tunu kun o'zimga so'zlayveraman,
Yakun toparmikan bir kun azoblar ?
Yetdim deganimda yiqildim ko'p bor,
Topdim deganimda yo'qotdim takror,
Xayotimni yarmi o'tdi g'am ozor ,
Yoddan chiqamikan bir kun azoblar ?
Necha bor aldandim soddalik qilib,
Jigarlarim oldi ko'zimni yulib,
Kulishni unutdim yashadim kuyib,
Unut bo'larmikan o'sha azoblar ?
Sevgim xam do'stim xam sotqinlik qildi,
Xiyonat xanjarin qalbimga urdi,
Bu boshim sanoqsiz azoblar ko'rdi,
Unut bo'larmikan ushbu azoblar ??
Ne bo'lsa taqdirdan ko'naverdim jim,
Olloxga soldim deb qo'yaverdim jim,
Dardimni qog'ozga yozaverdim jim ,
SENI BAXTLI KO'RSAM BAS!
Sensiz hayot hayotmas,
Ketganing alam emas,
Yuragimda bir havas -
Seni baxtli ko'rsam bas!
Mayli men dardlar quchay,
Bol totmay,zahar ichay,
Yolg'iz,kimsasiz yaway,
Seni baxtli ko'rsam bas!
Sevgisiz dil qarimas,
Dilimdan dard arimas,
Yig'lasang chidolmayman,
Seni baxtli ko'rsam bas.
Shunchalar sevamanki,
Dunyodan ortiq balki,
Mayli yaway wunchaki,
Seni baxtli ko'rsam bas!
Xayolingla yursam bas,
Tuwlaringga kirsam bas,
Xudodan so'raganim -
Seni baxtli ko'rsam bas!
Va'da aylab yoringga,
Bosganingda bag'ringga,
Eslagin Sanjar & Ahad so'zin-
Seni baxtli ko'rsam bas !
AHAD QAYUM