Yodgor Mirzo va Malak
oldin e'tibor bermagan ekanman, bu aka singillar tug'ilgan kunida 1kun farq bor ekan. Ularni beg'ubor,samimiy munosabat(aka-singil)iga havas qilsa arzidi. Shunday qutlug' ulg'ayish kunlarizda sizlarni tabriklay olmadim ((( uzrlarim va kech bölsada tabriklarimni qabul qilgaysizlar.
Alisa(Intizor) tavallud ayyomiz muborak bölsin!
Siz dunyodagi eng sof va samimiy tilaklar borki barchasiga loyiqsiz,baxt va omad hamrohligida uzoq umr köring. Sog'ligingizni asrang gulim! Sizni juda-juda yaxshi köraman!!!
Narxi qancha mehrni ayting?
Hammasini sotib olaman...
Oqibat bor ostonalarga,
Kerak bölsa yotib olaman...
Narxi qancha mehrni ayting?
Olib beray mehrsizlarga.
Yopmasa bas yuzimga eshik,
Ulashaman qalbi muzlarga...
Narxi qancha mehrni ayting?
Beray yetim gödaklar uchun.
Közlarida o'kinchmi, ilinj,
Odamga zor yuraklar uchun...
Narxi qancha mehrni ayting?
Olishimga bormi qarshilar?
O'zimga ham kerakdur biroq,
Ilinaman sizga yaxshilar...
Narxi qancha mehrni ayting?
Bormi uning axir baxosi?
Mehringizga bo'lay xaridor.
Biz hammamiz mehr gadosi...
Narxi qancha mehrni ayting?
Yo'q... U aslo sotilmas pulga.
Dunyo talab savdogarlardek,
Mehr izlab chiqqanmiz yo'lga...
Narxi qancha mehrni ayting.
Iydi Ramazon muborak azizlarim!!!
Tanho opam oftobiim shunday kunni ilk bor yangi, o'zingizniki bölgan uyda nishonlamoqdasiz. Tabrikleman baxtingiz bekam va to'kis bo'lsin!