Предыдущая публикация
Hammasini sotib olaman...
Oqibat bor ostonalarga,
Kerak bölsa yotib olaman...
Narxi qancha mehrni ayting?
Olib beray mehrsizlarga.
Yopmasa bas yuzimga eshik,
Ulashaman qalbi muzlarga...
Narxi qancha mehrni ayting?
Beray yetim gödaklar uchun.
Közlarida o'kinchmi, ilinj,
Odamga zor yuraklar uchun...
Narxi qancha mehrni ayting?
Olishimga bormi qarshilar?
O'zimga ham kerakdur biroq,
Ilinaman sizga yaxshilar...
Narxi qancha mehrni ayting?
Bormi uning axir baxosi?
Mehringizga bo'lay xaridor.
Biz hammamiz mehr gadosi...
Narxi qancha mehrni ayting?
Yo'q... U aslo sotilmas pulga.
Dunyo talab savdogarlardek,
Mehr izlab chiqqanmiz yo'lga...
Narxi qancha mehrni ayting...
Mahzuna
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 7